وَٱتَّقُوا۟ يَوْمًا لَّا تَجْزِى نَفْسٌ عَن نَّفْسٍ شَيْـًٔا وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا شَفَـٰعَةٌ وَلَا يُؤْخَذُ مِنْهَا عَدْلٌ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan to`lov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan kundan qo`rqing.Бир жон бошқа жондан ҳеч нарсани адо қила олмайдиган, ундан шафоат қабул қилинмайдиган, ундан тўлов олинмайдиган ва уларга ёрдам берилмайдиган кундан қўрқинг.Alauddin Mansour: Birov birov tomonidan hech narsa oʻtay olmaydigan, hech kimdan oqlov qabul qilinmaydigan va (gunohlari uchun) evaz ham olinmaydigan – yordam berilmaydigan Kundan qoʻrqinglar!Биров биров томонидан ҳеч нарса ўтай олмайдиган, ҳеч кимдан оқлов қабул қилинмайдиган ва (гуноҳлари учун) эваз ҳам олинмайдиган – ёрдам берилмайдиган Кундан қўрқинглар!
Ushbu oyati karimada taʼriflangan kun–qiyomat kunidir. U kunda har bir jon oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qoladi. Allohning qonuni–shu. Har kim qilganiga yarasha tortadi. Adolat ham shu-da oʻzi.
U kunda iymonsizlar va yaxshi amal qilmagan kimsalar haqidagi shafoatlar ham qabul qilinmaydi. Oraga tushadigan zot topilmaydi. U kunda iymonsizlardan va yaxshi amal qilmaganlardan toʻlov ham olinmaydiki, ular uni toʻlab qiyomatning azobidan qutulib qolsalar.
U kunda iymonsizlar va yaxshi amal qilmaganlar oʻzlariga yordam beradigan yordamchini topa olmaydilar.
Kelasi oyatlarda Alloh taolo Bani Isroilga bergan neʼmatlarini birma-bir eslatib, ular bu neʼmatlarni qanday kutib olganlarini ham bayon qiladi: