وَإِذْ نَجَّيْنَـٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ يُذَبِّحُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizni yomon azoblarga solib, o`g`illaringizni so`yib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn ahlidan qutqarganimizni eslang. Ana o`shanda Robbingizdan ulug` sinov bordir.Сизни ёмон азобларга солиб, ўғилларингизни сўйиб, қизларингизни тирик қолдираётган Фиръавн аҳлидан қутқарганимизни эсланг. Ана ўшанда Роббингиздан улуғ синов бордир.Alauddin Mansour: Sizlarni ogʻir azoblar bilan qiynagan, oʻgʻillaringizni soʻyib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Firʼavn odamlaridan qutqarganimizni eslanglar. Ana oʻsha ishlarda Parvardigoringiz tomonidan buyuk sinov boʻlgandi.Сизларни оғир азоблар билан қийнаган, ўғилларингизни сўйиб, хотинларингизни тирик қолдираётган Фиръавн одамларидан қутқарганимизни эсланглар. Ана ўша ишларда Парвардигорингиз томонидан буюк синов бўлганди.
Firʼavn–qadimgi Misr podshohining laqabi. Yaʼni, kim Misrga podshoh boʻlsa, Firʼavn boʻlar edi. Aslida ota-onasi tomonidan qoʻyilgan ismi boshqa boʻladi. «Firʼavn ahli» degani, Firʼavnning odamlari demakdir. Oyatda kelgan «yomon azoblar» iborasi Firʼavn ularni doimo azob-uqubatda ushlab turganiga dalolatdir. Masalan, Bani Isroilda tugʻilgan oʻgʻil bolalarni oʻldirib, qizlarni tirik qoldirish ham ulkan bir azob. Shu bilan birga, oyatda oʻsha ishlar Allohning bir sinovi ekanligi aytib oʻtilyapti. Bandalarning boshiga ogʻir kunlar tushishi imtihon va sinovdir. Qiyin ahvolda qolgan odam Allohning sinovidan oʻtayotganini oʻzi bilsa, mashaqqati zoye ketmaydi. Undan foyda oladi. Qiyinchilik oson tuyuladi, oson yengib oʻtadi. Vaqtinchalik mashaqqat bu dunyo ishlarida tajriba, ibrat va oxirat uchun savob toʻplash mavsumi boʻladi. Chunki qiyinchilikdagi odam doimo Allohga tazarruʼ qilib, sabr ila kushoyishni kutadi.
Bani Isroilga ham qiyinchilik, azob-uqubatdan keyin najot kelgan: