QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят50

وَإِذْ فَرَقْنَا بِكُمُ ٱلْبَحْرَ فَأَنجَيْنَـٰكُمْ وَأَغْرَقْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va dengizni yorib, sizni qutqarib, sizning ko`z oldingizda Fir'avn ahlini g`arq qilganimizni eslang.Ва денгизни ёриб, сизни қутқариб, сизнинг кўз олдингизда Фиръавн аҳлини ғарқ қилганимизни эсланг.Alauddin Mansour: Dengizni oʻrtasidan boʻlib sizlarni qutqarib, koʻz oʻngingizda Firʼavn odamlarini gʻarq qilganimizni eslanglar.Денгизни ўртасидан бўлиб сизларни қутқариб, кўз ўнгингизда Фиръавн одамларини ғарқ қилганимизни эсланглар.

8-sahifa · 1-juz · 1-hizb8-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslangва эслангفَرَقْنَاyorganimizniёрганимизниبِكُمُsiz uchunсиз учунٱلْبَحْرَdengizniденгизниفَأَنجَيْنَـٰكُمْbas, sizni qutqaribбас, сизни қутқарибوَأَغْرَقْنَآva gʻarq qilganimizniва ғарқ қилганимизниءَالَahliniаҳлиниفِرْعَوْنَFirʼavnФиръавнوَأَنتُمْsizningсизнингتَنظُرُونَkoʻz oldingizdaкўз олдингизда
TafsirТафсир

Mazkur hodisa Makkada nozil boʻlgan oyatlarda batafsil bayon qilingan. Bu oʻrinda esa, suraning umumiy holatiga muvofiq Bani Isroilga Alloh bergan neʼmatlar qatorida bir oyatda qisqagina zikr qilinyapti.

Bani Isroilni Muso alayhissalom Misrdan olib chiqib ketayotganlarida, Firʼavn odamlari bilan quvib kelib qoladi. Shunda Alloh dengizni ikkiga boʻlib yoʻl ochadi va Bani Isroil oʻtib oladilar. Ortlaridan Firʼavn odamlari bilan tushganda, Alloh ularni gʻarq qiladi.

Bu kun Bani Isroil uchun maʼlum va mashhur kundir.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Paygʻambar alayhissalom Madiynai Munavvaraga kelganlarida yahudiylar Oshuro kuni roʻza tutayotgan ekanlar. Buni koʻrib:

«Roʻzasini tutayotgan kunlaringiz qanday kun?»–deb soʻradilar. Ular:

«Bu kun, yaxshi kun, bu kunda Alloh taolo Bani Isroilni dushmanidan qutqazgan kun. Muso alayhissalom Oshuro roʻzasini tutganlar»,–deyishdi. Paygʻambar alayhissalom:

«Sizdan koʻra Musoga biz yaqinroqmiz»,–deya oʻsha kunning roʻzasini tutdilar va tutishga buyurdilar.

Keyingi oyatlar Bani Isroilliklar Misrdan chiqqanlaridan soʻng nima boʻlganini eslatadi: