وَإِذْ وَٰعَدْنَا مُوسَىٰٓ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً ثُمَّ ٱتَّخَذْتُمُ ٱلْعِجْلَ مِنۢ بَعْدِهِۦ وَأَنتُمْ ظَـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Muso bilan qirq kechaga va'dalashganimizni, u (ketgani)dan so`ng zolim bo`lgan holingizda buzoqni (xudo) tutganingizni eslang!Ва Мусо билан қирқ кечага ваъдалашганимизни, у (кетгани)дан сўнг золим бўлган ҳолингизда бузоқни (худо) тутганингизни эсланг!Alauddin Mansour: Muso bilan qirq kechaga vaʼdalashganimiz, u (bizning huzurimizga) ketganidan keyin sizlar oʻzingizga zulm qilgan holingizda buzoqqa ibodat qilganingizni eslanglar.Мусо билан қирқ кечага ваъдалашганимиз, у (бизнинг ҳузуримизга) кетганидан кейин сизлар ўзингизга зулм қилган ҳолингизда бузоққа ибодат қилганингизни эсланглар.
Muso alayhissalom Alloh taoloning amriga muvofiq Bani Isroilni Misrdan qutqarib olib chiqdilar. Soʻngra, Janobi Haq oʻz Paygʻambari ila roz aytishga vaʼdalashdi. Muso alayhissalom vaʼdaga binoan kelishilgan joyga ketishlari bilan Bani Isroil buzoqni xudo deb tan oldilar, uni iloh tutdilar. Bu qissa «Toha» surasida batafsil kelgan. Bu yerda esa, ularga bir eslatma tarzida va shundan keyin ham rahim qilib ularni afv etgani ulugʻ bir neʼmat ekanini yodga solish maqsadida qisqacha zikr etildi. Ayni chogʻda, ularga Firʼavnning azobidan qutqazgan Allohga va Uning Paygʻambari Musoga itoat etmay, buzoqni xudo qilib olishlari oʻzlariga zulm ekani ham eslatilmoqda.