QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят52

ثُمَّ عَفَوْنَا عَنكُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shandan keyin sizni afv etdik. Shoyadki, shukr qilsangiz.Ўшандан кейин сизни афв этдик. Шоядки, шукр қилсангиз.Alauddin Mansour: Soʻngra, oʻsha ishlardan keyin ham shukr qilishingiz uchun sizlarni afv etgandik.Сўнгра, ўша ишлардан кейин ҳам шукр қилишингиз учун сизларни афв этгандик.

8-sahifa · 1-juz · 1-hizb8-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграعَفَوْنَاafv etdikафв этдикعَنكُمsizniсизниمِّنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинذَٰلِكَoʻshaўшаلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Muso alayhissalom Alloh taoloning amriga muvofiq Bani Isroilni Misrdan qutqarib olib chiqdilar. Soʻngra, Janobi Haq oʻz Paygʻambari ila roz aytishga vaʼdalashdi. Muso alayhissalom vaʼdaga binoan kelishilgan joyga ketishlari bilan Bani Isroil buzoqni xudo deb tan oldilar, uni iloh tutdilar. Bu qissa «Toha» surasida batafsil kelgan. Bu yerda esa, ularga bir eslatma tarzida va shundan keyin ham rahim qilib ularni afv etgani ulugʻ bir neʼmat ekanini yodga solish maqsadida qisqacha zikr etildi. Ayni chogʻda, ularga Firʼavnning azobidan qutqazgan Allohga va Uning Paygʻambari Musoga itoat etmay, buzoqni xudo qilib olishlari oʻzlariga zulm ekani ham eslatilmoqda.