وَإِذْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْفُرْقَانَ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shoyadki, hidoyat topsangiz deb, Musoga kitobni va furqonni berganimizni eslang.Шоядки, ҳидоят топсангиз деб, Мусога китобни ва фурқонни берганимизни эсланг.Alauddin Mansour: Sizlar haq yoʻlni topishingiz uchun Musoga kitob va Furqonni (yaʼni Tavrotni) berganimizni eslanglar.Сизлар ҳақ йўлни топишингиз учун Мусога китоб ва Фурқонни (яъни Тавротни) берганимизни эсланглар.
Bu ham Bani Isroilga berilgan ulugʻ neʼmatlardandir. Ularga Paygʻambar etib yuborilgan Muso alayhissalomga kitobning (yaʼni, Tavrotning) hamda furqonning (yaxshi bilan yomon, haq bilan botilni ajratuvchi shariatning) berilishi haqiqatdan ham ulkan neʼmatdir. Bularni berishdan koʻzlangani–shoyadki, Bani Isroil hidoyat topsa, toʻgʻri yoʻlga yursa, degan maqsaddir.
Lekin bularning tabiati aslida buzuq edi, toʻgʻri yoʻlga yurishmadi. Endi qattiqroq chora koʻrilmasa, bular tuzalmaydiganday edi.