وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَـٰقَوْمِ إِنَّكُمْ ظَلَمْتُمْ أَنفُسَكُم بِٱتِّخَاذِكُمُ ٱلْعِجْلَ فَتُوبُوٓا۟ إِلَىٰ بَارِئِكُمْ فَٱقْتُلُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ عِندَ بَارِئِكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Musoning o`z qavmiga: «Ey qavmim, albatta, siz buzoqni (xudo) tutishingiz ila o`zingizga o`zingiz zulm qildingiz. Endi sizni bor qiluvchi Zotga tavba qiling, o`zingizni o`zingiz o`ldiring, shundoq qilmog`ingiz sizni bor qiluvchi Zot huzurida siz uchun yaxshidir. Bas, U tavbangizni qabul qildi. Chunki U tavbani ko`plab qabul qiluvchi va rahimli Zotdir», deganini eslang.Мусонинг ўз қавмига: «Эй қавмим, албатта, сиз бузоқни (худо) тутишингиз ила ўзингизга ўзингиз зулм қилдингиз. Энди сизни бор қилувчи Зотга тавба қилинг, ўзингизни ўзингиз ўлдиринг, шундоқ қилмоғингиз сизни бор қилувчи Зот ҳузурида сиз учун яхшидир. Бас, У тавбангизни қабул қилди. Чунки У тавбани кўплаб қабул қилувчи ва раҳимли Зотдир», деганини эсланг.Alauddin Mansour: Musoning oʻz qavmiga aytgan gaplarini eslang: «Qavmim, sizlar buzoqqa ibodat qilish bilan oʻzingizga zulm qildingiz. Endi oʻzingizni (bir-biringizni) oʻldirish bilan sizni bor qilgan Zotga tavba qilasiz. Bor qilguvchi Zot nazdida mana shu (qatl) sizlar uchun xayrliroqdir». Bas, Alloh taolo tavbangizni qabul qildi, albatta U kechirimli, mehribondir.Мусонинг ўз қавмига айтган гапларини эсланг: «Қавмим, сизлар бузоққа ибодат қилиш билан ўзингизга зулм қилдингиз. Энди ўзингизни (бир-бирингизни) ўлдириш билан сизни бор қилган Зотга тавба қиласиз. Бор қилгувчи Зот наздида мана шу (қатл) сизлар учун хайрлироқдир». Бас, Аллоҳ таоло тавбангизни қабул қилди, албатта У кечиримли, меҳрибондир.
Buzoqni xudo deb tutish inson uchun, uning aqli uchun naqadar ulkan or boʻlishiga qaramay, Bani Isroil tabiatidagi buzuqlikdan kelib chiqib, shu ishni oʻziga ep koʻrdi va bu bilan oʻziga oʻzi zulm qildi. Endi qiyomatgacha bu or ularga ayb boʻlib qoladi.
Ushbu oyati karimaning avvalida Muso alayhissalom Bani Isroilning yodiga mazkur nobakorliklarini solmoqdalar:
«Ey qavmim, albatta, siz buzoqni (xudo) tutishingiz ila oʻzingizga oʻzingiz zulm qildingiz».
Shunday katta aybni ham Alloh Oʻz fazli ila kechirib yuborishi mumkin. Shuning uchun, Muso alayhissalom oʻz qavmini bor qiluvchi Zotga tavba qilishga chaqiryaptilar:
«Endi sizni yoʻqdan bor qiluvchi Zotga tavba qiling, oʻzingizni oʻzingiz oʻldiring, shundoq qilmogʻingiz sizni yoʻqdan bor qiluvchi Zot huzurida siz uchun yaxshidir».
Biz «yoʻqdan bor qiluvchi Zot» deb tarjima qilgan ibora matnda «Boriʼ» deb kelgan. Bu Allohning sifatlaridan biri boʻlib, «Maxluqotlarni tafovutdan xoli qilib yaragunchi Zot» degan maʼnoni bildiradi. Bani Isroil tomonidan sodir etilgan gunoh haddan tashqari katta boʻlgani uchun, uning tavbasi ham oʻziga yarasha ogʻir boʻlmoqda, u ham boʻlsa–oʻzlarini oʻzlari oʻldirish. Bu–har kim oʻzini oʻldirishi, degani emas, balki Bani Isroil qavmi aʼzolari bir-birlarini oʻldirishidir. Aniqrogʻi, rivoyatlarda kelganidek, buzoqqa ibodat qilmaganlar unga ibodat qilganlarni oʻldirishidir. Bani Isroilga oʻxshash tabiati buzuq qavmlarning tarbiyasi uchun shunga oʻxshash qattiq choralar zarur. Ular mazkur ishni qildilar. Yaʼni, oʻzlarini oʻzlari oʻldirdilar. Shundan soʻnggina Alloh ularning tavbasini qabul etdi.
«Bas, U tavbangizni qabul qildi. Chunki U tavbani koʻplab qabul qiluvchi va rahimli Zotdir».
Bu ham Alloh taoloning Bani Isroilga bergan ulkan neʼmatidir.
Bu oyatdan, gunohni kim qilishidan qatʼinazar, jazosiz qolmasligini bilib olamiz.
Alloh taolo qanchalik mehr qilmasin, qanchalik afv etmasin, Bani Isroil baribir Bani Isroil ekan: xamirturushi buzuk, bu xalq qachon va qayerda boʻlmasin, doimo fisqu fasodni qoʻzib yuradi. Haddidan oshib, turli yoʻllarga kiradi. Ular yana xato qildilar. Bu narsani Alloh taolo ularga quyidagi oyatlarda eslatadi: