QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят55

وَإِذْ قُلْتُمْ يَـٰمُوسَىٰ لَن نُّؤْمِنَ لَكَ حَتَّىٰ نَرَى ٱللَّهَ جَهْرَةً فَأَخَذَتْكُمُ ٱلصَّـٰعِقَةُ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan ko`rmagunimizcha, senga ishonmaymiz», deganingizni, shunda sizni o`zingiz nazar solib turganingizda yashin urganini eslang.«Эй Мусо, Аллоҳни очиқ-равшан кўрмагунимизча, сенга ишонмаймиз», деганингизни, шунда сизни ўзингиз назар солиб турганингизда яшин урганини эсланг.Alauddin Mansour: Ey Bani Isroil, eslang: «Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan koʻrmagunimizcha hargiz senga ishonmaymiz», deyishingiz bilan qarab turgan holingizda sizlarni chaqmoq urdi.Эй Бани Исроил, эсланг: «Эй Мусо, Аллоҳни очиқ-равшан кўрмагунимизча ҳаргиз сенга ишонмаймиз», дейишингиз билан қараб турган ҳолингизда сизларни чақмоқ урди.

8-sahifa · 1-juz · 1-hizb8-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslangва эслангقُلْتُمْdeganingizniдеганингизниيَـٰمُوسَىٰey Musoэй Мусоلَنzinhorзинҳорنُّؤْمِنَishonmaymizишонмаймизلَكَsengaсенгаحَتَّىٰ-guncha-гунчаنَرَىkoʻrmagunimizchaкўрмагунимизчаٱللَّهَAllohniАллоҳниجَهْرَةًۭochiq-ravshanочиқ-равшанفَأَخَذَتْكُمُshunda sizni urdiшунда сизни урдиٱلصَّـٰعِقَةُyashinяшинوَأَنتُمْoʻzingizўзингизتَنظُرُونَnazar solib turganingizdaназар солиб турганингизда
TafsirТафсир

Shunchalik voqealar boʻlib oʻtgandan soʻng ham Bani Isroilning aqli kirmadi. Ular Muso alayhissalomning koʻplab moʻʼjizalarini koʻrib turib, u kishi sababidan Firʼavn zulmidan qutulib turib ham:

«Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan koʻrmagunimizcha senga ishonmaymiz», dedilar.

Yaʼni, Bizga Allohning Oʻzini koʻrsatmasang, sening Paygʻambarligingga ishonmaymiz, deyishdi. Bani Isroil moddaparast boʻlganidan oʻzlari his qiladigan narsaga ishonib, boshqa narsalarni inkor etadigan boʻlib qolishgan edi. Ularning uzoq muddat Firʼavn zulmi ostida xor boʻlib yashashlari ham tabiatlarini buzib qoʻygan edi. Uzoq vaqt xor boʻlish odamni shunaqa pastkash qilib qoʻyadi. Kishi tabiatidagi bor yaxshiliklarni ham yoʻq qilib yuboradi va unda qullarga xos xislatni paydo qiladi. Bu holat esa, zulm ostida boʻyin egib yurish, zulm koʻtarilganda hovliqish, neʼmat va yaxshilik yetganda kibr-havo qilishdan iboratdir. Hozirgi zamonda ham uzoq vaqt zulmda xor-zorlikni oʻziga ep koʻrib yurgan xalqlarda shu xislat koʻrilyapti.

Bani Isroilning bu shakkokligi uchun Alloh taolo munosib jazoladi:

«shunda sizni oʻzingiz nazar solib turganingizda yashin urganini eslang».

Yaʼni, Bani Isroilliklarni oʻzlari qarab turgan holda yashin urib, halok boʻldilar.

Alloh taolo rahmati keng Zot, yana ularga rahim qilib, ularni qayta tiriltirdi: