QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят57

وَظَلَّلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْغَمَامَ وَأَنزَلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا۟ مِن طَيِّبَـٰتِ مَا رَزَقْنَـٰكُمْ ۖ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va bulutni ustingizdan soya soldirib qo`ydik, sizga mann va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar. Bizga zulm qilmadilar. Lekin o`zlariga zulm qilardilar.Ва булутни устингиздан соя солдириб қўйдик, сизга манн ва беданани туширдик. Ризқ қилиб берган нарсаларимизнинг покларини енглар. Бизга зулм қилмадилар. Лекин ўзларига зулм қилардилар.Alauddin Mansour: Va bulutni ustingizga soyabon qildik va osmondan shirinlik va bedanalar yogʻdirib, «Sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar», (dedik). (Bani Isroil) Bizga zulm qilmadilar, balki oʻzlariga zulm qilguvchi boʻldilar.Ва булутни устингизга соябон қилдик ва осмондан ширинлик ва беданалар ёғдириб, «Сизларга ризқ қилиб берган пок нарсалардан енглар», (дедик). (Бани Исроил) Бизга зулм қилмадилар, балки ўзларига зулм қилгувчи бўлдилар.

8-sahifa · 1-juz · 1-hizb8-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَظَلَّلْنَاva soya soldirib qoʻydikва соя солдириб қўйдикعَلَيْكُمُustingizdanустингизданٱلْغَمَامَbulutniбулутниوَأَنزَلْنَاva tushirdikва туширдикعَلَيْكُمُsizgaсизгаٱلْمَنَّmannманнوَٱلسَّلْوَىٰ ۖva bedananiва бедананиكُلُوا۟yenglarенгларمِن-dan-данطَيِّبَـٰتِpoklariniпоклариниمَاnarsaнарсаرَزَقْنَـٰكُمْ ۖsizga rizq qilib berganсизга ризқ қилиб берганوَمَاva emasва эмасظَلَمُونَاBizga zulm qildilarБизга зулм қилдиларوَلَـٰكِنlekinлекинكَانُوٓا۟edilarэдиларأَنفُسَهُمْoʻzlarigaўзларигаيَظْلِمُونَzulm qilarзулм қилар
TafsirТафсир

Oʻsha vaqtda Bani Isroil qaqroq choʻlda, quyosh qizdirib turgan makonda edilar. Maʼlumki, havo isib, quyosh qizdirib bersa, choʻl jahannamga aylanib ketadi. Ana oʻshanday holatda Alloh taolo Bani Isroilga Oʻzining navbatdagi neʼmatini ato qildi.

«Va bulutni ustingizdan soya soldirib qoʻydik, sizga mann va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar».

Rivoyatlarda kelishicha, Alloh taolo mazkur jazirama sahroga bir bulutni yuborgan ekan, u kelib Bani Isroilning boshiga soya solib turibdi. Shu bilan ular rohat va farogʻatga ega boʻlibdilar. Alloh ularga taom va sharob uchun osmondan mann va bedana tushiribdi. «Mann» nima ekanligi toʻgʻrisida tafsirchilarning taʼriflari koʻp.

Ibn Kasir rahmatullohi alayhining aytishlaricha, «Mann shunday narsaki, uning oʻzini yesa, taom va shirinlik boʻladi, suvga qoʻshib ichsa, ichimlik boʻladi. Boshqa narsalarga qoʻshsa ham boʻlaveradi».

Ularni tushirgandan keyin, Alloh taolo ularga:

«rizq qilib bergan narsalarimizning poklaridan yenglar», dedi. Gapning borishiga qaraganda, Bani Isroil bunday holga ham shukr qilmagan koʻrinadi. Shuning uchun ham, Alloh taolo oyatning oxirida:

«Bizga zulm qilmadilar. Lekin oʻzlariga zulm qilardilar», demoqda.

Alloh taolo Bani Isroilga yana boshqa neʼmatlarni ham bergan, ularni kelgusi oyatlarda eslatadi va bu qavmning tabiatidagi yangi qirralarni bayon etadi: