QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят58

وَإِذْ قُلْنَا ٱدْخُلُوا۟ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةَ فَكُلُوا۟ مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ رَغَدًا وَٱدْخُلُوا۟ ٱلْبَابَ سُجَّدًا وَقُولُوا۟ حِطَّةٌ نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطَـٰيَـٰكُمْ ۚ وَسَنَزِيدُ ٱلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ushbu qishloqqa kiringiz va uning xohlagan joyida yenglar, yeganingiz osh bo`lsin va eshikdan ta'zim bilan, hittatun, deb kiring, sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz va yaxshilarga ziyoda qilamiz», deganimizni eslang.«Ушбу қишлоққа кирингиз ва унинг хоҳлаган жойида енглар, еганингиз ош бўлсин ва эшикдан таъзим билан, ҳиттатун, деб киринг, сизнинг хатоларингизни мағфират қиламиз ва яхшиларга зиёда қиламиз», деганимизни эсланг.Alauddin Mansour: «Ushbu qishloqqa (Quddusga) kiringlar-da, undan xohlagan joylaringizda yeb-ichinglar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kiringlar va «afv et» denglar, biz xatolaringizni magʻfirat qilamiz va yaxshilik egalariga ziyoda neʼmatlar ato qilamiz», deganimizni eslanglar.«Ушбу қишлоққа (Қуддусга) киринглар-да, ундан хоҳлаган жойларингизда еб-ичинглар. Дарвозадан сажда қилган ҳолингизда киринглар ва «афв эт» денглар, биз хатоларингизни мағфират қиламиз ва яхшилик эгаларига зиёда неъматлар ато қиламиз», деганимизни эсланглар.

9-sahifa · 1-juz · 1-hizb9-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslangва эслангقُلْنَاdeganimizniдеганимизниٱدْخُلُوا۟kiringizкирингизهَـٰذِهِushbuушбуٱلْقَرْيَةَqishloqqaқишлоққаفَكُلُوا۟va yenglarва енгларمِنْهَاundanунданحَيْثُjoydaжойдаشِئْتُمْxohlaganхоҳлаганرَغَدًۭاosh boʻlsinош бўлсинوَٱدْخُلُوا۟va kiringва кирингٱلْبَابَeshikdanэшикданسُجَّدًۭاtaʼzim bilanтаъзим биланوَقُولُوا۟va dengва денгحِطَّةٌۭhittatunҳиттатунنَّغْفِرْmagʻfirat qilamizмағфират қиламизلَكُمْsizningсизнингخَطَـٰيَـٰكُمْ ۚxatolaringizniхатоларингизниوَسَنَزِيدُva ziyoda qilamizва зиёда қиламизٱلْمُحْسِنِينَyaxshilargaяхшиларга
TafsirТафсир

Avval bir necha bor takrorlanganidek, bu hodisalar bayoni bosh- qa suralarda batafsil keladi, hozir qisqacha eslatilyapti. Ushbu oyatda,

«Ushbu qishloqqa kiringiz», degan jumladagi «qishloq»dan murod–Quddusi sharifdir. Uzoq zamonlar Misrda vatangado boʻlib yurgan Bani Isroilga Alloh taolo vatan ato qilib, «Ushbu qishloqqa kiringiz», deyapti. Buning ustiga yana:

«Xohlagan joyingizda yeb-ichinglar, yeganlaringiz osh boʻlsin», deb katta marhamat koʻrsatyapti.

Shu bilan birga, qanday holda kirish lozimligini ham oʻrgatyapti:

«eshikdan taʼzim bilan, hittatun, deb kiring», yaʼni, odob bilan, «hittatun» degan soʻzni aytib kiring, deyildi. «Hittatun» degani–afv et, gunohimni kech, degan maʼnoni anglatar ekan.

Bundan koʻrinadiki, Alloh neʼmat ato qilganda, albatta shukr etish kerak. Shukr ham soʻz bilan, ham amal bilan boʻlishi lozim.

Bani Isroil agar qishloqqa sajda ila, gunohlarini kechishini soʻrab, Alloh oʻrgatgan soʻzni aytib kirsalar, U Zot ularga magʻfirat vaʼda qildi.

«Sizning xatolaringizni magʻfirat qilamiz va yaxshilarga ziyoda qilib beramiz», dedi.

Xoʻsh, Bani Isroil bunga javoban nima qildi?