QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят59

فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ قَوْلًا غَيْرَ ٱلَّذِى قِيلَ لَهُمْ فَأَنزَلْنَا عَلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ رِجْزًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, zulm qilganlar ularga aytilgan so`zni boshqasiga almashtirdilar. Biz zulm qilganlarga fisq qilayotganlari uchun osmondan azob tushirdik.Бас, зулм қилганлар уларга айтилган сўзни бошқасига алмаштирдилар. Биз зулм қилганларга фисқ қилаётганлари учун осмондан азоб туширдик.Alauddin Mansour: Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan soʻzdan boshqa soʻzni almashtirib aytdilar. Bas, qilgan isyonlari oqibatida bu zolimlar ustiga Biz osmondan balo yogʻdirdik.Шунда золим кимсалар уларга айтилган сўздан бошқа сўзни алмаштириб айтдилар. Бас, қилган исёнлари оқибатида бу золимлар устига Биз осмондан бало ёғдирдик.

9-sahifa · 1-juz · 1-hizb9-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَبَدَّلَbas, almashtirdilarбас, алмаштирдиларٱلَّذِينَzulm qilganзулм қилганظَلَمُوا۟kimsalarкимсаларقَوْلًاsoʻzniсўзниغَيْرَboshqasigaбошқасигаٱلَّذِى-ki-киقِيلَaytilganайтилганلَهُمْulargaуларгаفَأَنزَلْنَاbas, tushirdikбас, туширдикعَلَى-ga-гаٱلَّذِينَzulm qilganзулм қилганظَلَمُوا۟kimsalargaкимсаларгаرِجْزًۭاazobазобمِّنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонبِمَاuchunучунكَانُوا۟edilarэдиларيَفْسُقُونَfisq qilayotganфисқ қилаётган
TafsirТафсир

Tabiatiga buzgʻunchilik oʻrnashib ketgan Bani Isroil yana buzgʻunchilik qildi. Alloh taolo oʻrgatgan «hittatun» soʻzi oʻrniga bosh- qa soʻzni almashtirib aytdilar. Almashtirgan soʻzlari qaysi soʻz ekanini aniq bilishimizga Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomdan rivoyat qilingan hadis yordam beradi.

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Paygʻambar alayhissalom:

«Bani Isroilga, eshikdan taʼzim qilib, hittatun, deb kiringlar, deyilgan edi. Ular dumbalari bilan sudralib, soʻzni almashtirib, habbatun fi shaʼratin, deb kirdilar», dedilar.

Ushbu hadisdan maʼlum boʻladiki, ular ham amalda, ham soʻzda xilof qilganlar. Sajda (taʼzim) qilib kiringlar, deyilsa, dumbalari bilan sudralib kirganlar. «Hittatun» deb aytinglar, deyilsa, «habbatun fi shaʼratin» deyishgan. Ularning bu ishlari ham zulm, ham fisq–Allohning amridan chiqish edi. Shuning uchun, Alloh taolo ularga osmondan azob tushirdi. Ushbu ikki oyatda oʻtgan taʼlimotlardan bilamizki, Bani Isroilning qilmishlaridan biri Allohning amrini oʻzidek bajarmasdan, buzib bajarishdir.

Kelasi oyatda Alloh Bani Isroilga bergan neʼmatlaridan yana baʼzisini eslatadi: