وَإِذْ قُلْتُمْ يَـٰمُوسَىٰ لَن نَّصْبِرَ عَلَىٰ طَعَامٍ وَٰحِدٍ فَٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُخْرِجْ لَنَا مِمَّا تُنۢبِتُ ٱلْأَرْضُ مِنۢ بَقْلِهَا وَقِثَّآئِهَا وَفُومِهَا وَعَدَسِهَا وَبَصَلِهَا ۖ قَالَ أَتَسْتَبْدِلُونَ ٱلَّذِى هُوَ أَدْنَىٰ بِٱلَّذِى هُوَ خَيْرٌ ۚ ٱهْبِطُوا۟ مِصْرًا فَإِنَّ لَكُم مَّا سَأَلْتُمْ ۗ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلذِّلَّةُ وَٱلْمَسْكَنَةُ وَبَآءُو بِغَضَبٍ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ۗ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوا۟ وَّكَانُوا۟ يَعْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda o`sadigan narsalardan — sabzavot, tarra, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin», deganingizni eslang. U: «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni so`raysizlarmi? Birorta shaharga tushing, so`raganingizni albatta topasiz», dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning g`azabiga loyiq bo`ldilar. Bu, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Nabiylarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu, isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir.«Эй Мусо, бир хил таомга ҳеч чидай олмаймиз, Роббингга дуо қил, бизга ерда ўсадиган нарсалардан — сабзавот, тарра, саримсоқ, мош, пиёз чиқариб берсин», деганингизни эсланг. У: «Яхши нарсани паст нарсага алмаштиришни сўрайсизларми? Бирорта шаҳарга тушинг, сўраганингизни албатта топасиз», деди. Уларга хорлик ва мискинлик ёзилди ва Аллоҳнинг ғазабига лойиқ бўлдилар. Бу, Аллоҳнинг оятларига куфр келтирганлари, Набийларни ноҳақ қатл этганлари учундир. Бу, исёнга кетганлари ва ҳаддан ошганлари учундир.Alauddin Mansour: Eslang: «Ey Muso, bir xil taomga hech qanoat qila olmayapmiz. Parvardigoringga duo qil, bizga yerda unib-oʻsadigan sabzavotlardan; bodring, sarimsoq, mosh, piyozga oʻxshagan oʻsimliklardan chiqarib bersin», deganingizda, u: «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni istaysizlarmi? Qaysi shaharga tushsangizlar soʻragan narsalaringiz turibdi-ku?», dedi. (Noshukrliklari sabab) ularga xorlik va miskinlik yozib qoʻyildi va Allohning gʻazabiga duchor boʻldilar. Bunga sabab ularning Alloh oyatlarini inkor qilganlari va Paygʻambarlarni nohaq qatl qilganlaridir. Bunga sabab itoat qilmay tajovuzkor boʻlganlaridir.Эсланг: «Эй Мусо, бир хил таомга ҳеч қаноат қила олмаяпмиз. Парвардигорингга дуо қил, бизга ерда униб-ўсадиган сабзавотлардан; бодринг, саримсоқ, мош, пиёзга ўхшаган ўсимликлардан чиқариб берсин», деганингизда, у: «Яхши нарсани паст нарсага алмаштиришни истайсизларми? Қайси шаҳарга тушсангизлар сўраган нарсаларингиз турибди-ку?», деди. (Ношукрликлари сабаб) уларга хорлик ва мискинлик ёзиб қўйилди ва Аллоҳнинг ғазабига дучор бўлдилар. Бунга сабаб уларнинг Аллоҳ оятларини инкор қилганлари ва Пайғамбарларни ноҳақ қатл қилганларидир. Бунга сабаб итоат қилмай тажовузкор бўлганларидир.
Maʼlumki, Alloh taolo Bani Isroilga osmondan mann va bedana goʻshtini taom qilib tushirib bergan edi. Ular hech qanday mashaqqatsiz dunyodagi eng oliymaqom taomlarni xohlaganlaricha yer edilar. Lekin pastkash tabiat shu yerda ham pastkashlik qildi. Bani Isroilliklar Misrda Firʼavn azobi ostida xor-zor boʻlib yurgan paytdagi mosh, sarimsoq kabi taomlarni qoʻmsab qoldilar.
Paygʻambarlari Muso alayhissalomdan Allohga duo qilib, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabi sabzavotlar soʻrab berishini talab qildilar. Ular:
«Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda oʻsadigan narsalardan – sabzavot, tarra, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin», dedilar. Muso alayhissalom:
«Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni soʻraysizlarmi? Birorta shaharga tushing, soʻraganingizni albatta topasiz», dedi».
Yaʼni, mann va bedana kabi oliymaqom, yaxshi taomlarni mosh, bodring, piyoz kabi past narsalarga almashtirishni soʻraysizlarmi? Siz soʻrayotgan narsalarni xohlagan shaharga borib topsalaringiz boʻladi-ku? dedilar. Shundan soʻng:
«Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning gʻazabiga loyiq boʻldilar».
Yaʼni, Bani Isroilga xorlik va miskinlik yozildi va ular Allohning gʻazabiga loyiq boʻldilar. Ulamolarimizning aytishlaricha, bu ish Muso alahissalomdan keyingi tarixlarida roʻy bergan. Nima uchun ularga bunday xorlik ravo koʻrildi, degan savolga oyati karima:
«Bu, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Paygʻambarlarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu, isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir», deb javob qilmoqda.
Oyati karimaning ushbu parchasida Bani Isroilning jinoyatlaridan toʻrt xili zikr qilinmoqda:
1. Allohning oyatlariga kufr keltirganlari.
2. Paygʻambarlarni nohaq qatl etganlari.
3. Isyonga ketganlari.
4. Haddan oshganlari.
Ushbu xildagi jinoyatlarni sodir etganlari uchun Bani Isroilga xorlik va miskinlik yozildi hamda ular Allohning gʻazabiga loyiq boʻldilar.
Hech bir ummat oʻz tarixida Bani Isroilchalik qattiq kufrga ketmagan, tajovuzkorlik qilmagan va hidoyatni inkor etmagan. Ular oʻzlarining bir qancha Paygʻambarlarini oʻldirdilar, soʻydilar va arra bilan arralab tashladilar. Bu esa, haq yoʻlga chaqirib kelgan zotlarga nisbatan qilingan eng ashaddiy tajovuzkorlik hisoblanadi. Ularning kofirligi eng yomon kofirlik, ularning tajovuzkorligi eng yomon tajovuzkorlik hisoblanadi.
Ammo, ularning daʼvolari olamni tutar edi. Ular: dunyoda faqat bizgina toʻgʻri yoʻlda yuribmiz, boshqalar adashuvda, biz Allohning tanlab olgan bandalarimiz, boshqalar biz uchun eshak, deyishadi. Faqat bizgina qilgan ishga savob oladigan xalqmiz. Faqat bizgagina Allohning fazli yetadi, deyishadi.
Kelasi oyatda Qurʼoni Karim ularning bu daʼvolari bekor, aytayotgan gaplari yolgʻon ekanligini bayon etadi. Allohga boʻyinsunishga borib taqaladigan iymonning asli bir, aqiydaning asli bir ekanini tushuntiradi. Allohning fazli baʼzi bir irqlargagina xos emas, balki iymon keltirib, amali solih qilgan barchaga barobar ekanini anglatadi.