إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلنَّصَـٰرَىٰ وَٱلصَّـٰبِـِٔينَ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, nasorolar va sobiiylardan, qaysilari Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, o`shalarga Robbilari huzurida ajrlar bordir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.Албатта, иймон келтирганлар, яҳудий бўлганлар, насоролар ва собиийлардан, қайсилари Аллоҳга ва қиёмат кунига иймон келтирса ва яхши амалларни қилса, ўшаларга Роббилари ҳузурида ажрлар бордир. Уларга хавф йўқ ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy boʻlganlar, nasroniylar va sobiiylar (farishtalarga sigʻinuvchilar) — (ulardan) qaysilari (avval qaysi dinda boʻlganlaridan qatʼi nazar, iymonga kelib, yolgʻiz) Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, oʻshalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir va ular uchun xavfu xatar, gʻam-anduh yoʻqdir.Албатта, иймон келтирган зотлар, яҳудий бўлганлар, насронийлар ва собиийлар (фаришталарга сиғинувчилар) — (улардан) қайсилари (аввал қайси динда бўлганларидан қатъи назар, иймонга келиб, ёлғиз) Аллоҳга, Охират кунига ишонса ва яхши амаллар қилса, ўшаларга Парвардигорлари ҳузурида ажр бордир ва улар учун хавфу хатар, ғам-андуҳ йўқдир.
Oyati karimadagi «iymon keltirganlar»dan murod musulmonlardir.
«Yahudiy boʻlganlar»–Bani Isroildir. Yahudiyning ikki toifasi bor: birinchisi–Allohga qaytgan, ikkinchisi–Yahudoning farzandlari.
«Nasorolar» deganda esa, Iyso alayhissalomga iymon keltirganlar tushuniladi. Ular u kishiga yordam berganlari uchun «nasoro» (yordam beruvchilar), deb nom olganlar.
«Sobiiylar» deb, Paygʻambarimiz kelishlaridan oldin arab mushriklaridan bir guruhi oʻz qavmlarining butu sanamlarga sigʻinishlarini yoqtirmay, oʻzlari yangi aqiyda axtarib, oxiri, Ibrohim alayhissalom dinida yuramiz, deb qavmlaridan ajrab chiqqan kishilarga aytiladi. Bu nomni ularga mushriklar bergan, yaʼni, otalarining dinidan burilganlar, deganidir.
Oyati karima yuqorida zikr qilinganlardan kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan boʻlsa, oʻsha ajr oladi, oldinda uni xavf-xatar kutmaydi, oʻtgan ishlarga xafa boʻlmaydi, degan tushunchani bermoqda. Yaʼni, ajr olish uchun, qiyomatda xavfda qolmaslik uchun, boʻlib oʻtgan ishlardan xafa boʻlmaslik uchun biror irqqa mansublik shart emas. Balki iymonu yaxshi amal boʻlsa, kifoyadir.
Albatta, bu hukm Muhammad alayhissalom Paygʻambar boʻlib kelgunlaricha boʻlgan muddatga taalluqlidir. U zoti bobarakot Paygʻambar boʻlganlaridan soʻng hamma u kishiga iymon keltirishi shart. Kim u kishiga iymon keltirmasa, kofir boʻladi va azob-uqubatga loyiq koʻriladi. Ajru savobdan mahrum qoladi.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Muhammad alayhissalom:
«Mening nafsim qudrat qoʻlida boʻlgan Zot ila qasamki, ushbu ummatdan biror kishi–yahudiymi, nasroniymi, men haqimda eshitsa-yu, menga yuborilgan narsaga iymon keltirmasa, doʻzax ahlidan boʻladi», deganlar.
Kelgusi oyatda yana Bani Isroilda oʻtgan hodisalar eslatiladi: