QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят63

وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَـٰقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ ٱلطُّورَ خُذُوا۟ مَآ ءَاتَيْنَـٰكُم بِقُوَّةٍ وَٱذْكُرُوا۟ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahdu paymonlaringizni olganimizni va ustingizga Turni ko`targanimizni, «Biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki, taqvodor bo`lsangiz», (deganimizni) eslang.Аҳду паймонларингизни олганимизни ва устингизга Турни кўтарганимизни, «Биз сизга берган нарсани қувват билан олинг ва ундаги нарсани эсланг, шоядки, тақводор бўлсангиз», (деганимизни) эсланг.Alauddin Mansour: Eslang (ey Bani Isroil), biz ahdu paymoningizni olgandik va ustingizda Tur togʻini koʻtarib turib, «Sizga bergan narsamizni (Tavrotni) mahkam ushlang va undagi bor narsani yodingizda tuting — shoyad taqvo egalaridan boʻlsangiz», degandik.Эсланг (эй Бани Исроил), биз аҳду паймонингизни олгандик ва устингизда Тур тоғини кўтариб туриб, «Сизга берган нарсамизни (Тавротни) маҳкам ушланг ва ундаги бор нарсани ёдингизда тутинг — шояд тақво эгаларидан бўлсангиз», дегандик.

10-sahifa · 1-juz · 1-hizb10-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslang, oʻshandaва эсланг, ўшандаأَخَذْنَاolganimizniолганимизниمِيثَـٰقَكُمْahdu paymoningizniаҳду паймонингизниوَرَفَعْنَاva koʻtarganimizniва кўтарганимизниفَوْقَكُمُustingizgaустингизгаٱلطُّورَTurniТурниخُذُوا۟olingолингمَآnarsaniнарсаниءَاتَيْنَـٰكُمsizga berganсизга берганبِقُوَّةٍۢquvvat bilanқувват биланوَٱذْكُرُوا۟va eslangва эслангمَاnarsaniнарсаниفِيهِundagiундагиلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتَتَّقُونَtaqvodor boʻlsangizтақводор бўлсангиз
TafsirТафсир

Oyatda qaysi ahd-paymon nazarda tutilyapti? Uning tafsiloti boshqa sura va oyatlarda keladi. Bu yerda faqat eslatib oʻtilyapti. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu ustlariga koʻtarilgan Tur togʻi masalasini oydinlatib, «Ular toat qilishdan bosh tortganlarida, Tur togʻini boshlari ustida koʻtargan», deganlar.

Oyatda:

«Biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki, taqvodor boʻlsangiz», deyilmoqda.

Yaʼni, Tavrotni mahkam tuting, unda kelgan hukm, vaʼz, nasihat va koʻrsatmalarni doimo eslang, ularga amal qiling, agar shunday qilsangiz, taqvodor boʻlishingiz mumkin, deyilyapti. Xoʻsh, Bani Isroil ahdu paymonida sobit turdimi? Alloh bergan Tavrotni mahkam tutib, undagi narsalarni eslab, amal qildimi? Bu savolning javobi kelgusi oyatda zikr etiladi.