QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят64

ثُمَّ تَوَلَّيْتُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۖ فَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ لَكُنتُم مِّنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, o`shandan keyin yuz o`girdingiz. Sizga Allohning fazli bo`lmaganida, albatta yutqazganlardan bo`lardingiz.Сўнгра, ўшандан кейин юз ўгирдингиз. Сизга Аллоҳнинг фазли бўлмаганида, албатта ютқазганлардан бўлардингиз.Alauddin Mansour: Keyin oʻsha ahdu paymondan keyin yuz oʻgirdingiz. Agar sizlarga Allohning fazlu karami boʻlmaganda edi, ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qolar edingiz.Кейин ўша аҳду паймондан кейин юз ўгирдингиз. Агар сизларга Аллоҳнинг фазлу карами бўлмаганда эди, зиён кўргувчилардан бўлиб қолар эдингиз.

10-sahifa · 1-juz · 1-hizb10-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграتَوَلَّيْتُمyuz oʻgirdingizюз ўгирдингизمِّنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинذَٰلِكَ ۖoʻshandanўшанданفَلَوْلَاbas, boʻlmaganidaбас, бўлмаганидаفَضْلُfazliфазлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаوَرَحْمَتُهُۥva rahmatiва раҳматиلَكُنتُمalbatta boʻlardingizалбатта бўлардингизمِّنَ-dan-данٱلْخَـٰسِرِينَyutqazganlarютқазганлар
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻtgan oyatda zikr etilgan ishlardan keyin ahdu paymonni unutib, orqaga qaytdingiz. Shunda ham Alloh sizlarga rahim qildi, azobiga olmadi va tavba qilishni koʻngillaringizga solib, yoʻl koʻrsatdi. Aks holda, yutqazganlardan–halok boʻlganlardan boʻlar edingizlar.

Bundan keyin keladigan oyatlar Bani Isroilga xiyonatlarini, ahdga vafo qilmasliklarini va boshqa kirdikorlarini yana bir bor eslatadi.