QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят65

وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ ٱلَّذِينَ ٱعْتَدَوْا۟ مِنكُمْ فِى ٱلسَّبْتِ فَقُلْنَا لَهُمْ كُونُوا۟ قِرَدَةً خَـٰسِـِٔينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, sizlardan shanba kuni tajovuzkorlik qilganlarni bildingiz. Biz ularga: «Quvilgan, xor-zor maymunga aylaning», – dedik.Батаҳқиқ, сизлардан шанба куни тажовузкорлик қилганларни билдингиз. Биз уларга: «Қувилган, хор-зор маймунга айланинг», – дедик.Alauddin Mansour: Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, Biz ularga: «Badbaxt maymunlarga aylaningiz», dedik.Орангиздан шанба кунида ҳаддан ошган кимсаларни билдингиз. Бас, Биз уларга: «Бадбахт маймунларга айланингиз», дедик.

10-sahifa · 1-juz · 1-hizb10-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқعَلِمْتُمُbildingizбилдингизٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниٱعْتَدَوْا۟tajovuzkorlik qilganтажовузкорлик қилганمِنكُمْsizlardanсизларданفِى-da-даٱلسَّبْتِshanba (kun)шанба (кун)فَقُلْنَاbas, dedikбас, дедикلَهُمْulargaуларгаكُونُوا۟aylaningайланингقِرَدَةًmaymungaмаймунгаخَـٰسِـِٔينَquvilgan xor-zorқувилган хор-зор
TafsirТафсир

Shanba kuni haddan oshganlarning qissasi boshqa oyatlarda keladi. Shanba kuni haddan oshgan yahudiylar Iyla nomli joyning yahudiylari edilar.

Shanba Bani Isroilning muqaddas kunidir. Ular oʻsha kuni dam olib, faqat ibodat bilan mashgʻul boʻlib, dunyoni yodga olmaslikka ahdu paymon berishgan. Alloh taolo ularni sinash uchun xuddi oʻsha kuni, yaqinlaridagi suv havzasida baliqni koʻpaytirib qoʻydi. Bosh- qa kunlari baliq uncha koʻp koʻrinmas edi. Yahudiylar qayerda boʻlsalar ham, qachon boʻlsa ham yahudiyliklarini qiladilar. Ushbu masalada ham ular xiyonat qildilar, hiyla oʻylab topdilar. Shanba kuni baliq koʻpayganda, ularni dengizdan ajratib olish uchun hovuzlar qilib, oʻshalarga kirgan baliqlarni qamab olib, boshqa kuni ovlaydigan boʻldilar.

Oʻshandan keyin Alloh taolo ularni hayvonlarning ichida eng pastkashi, tuturigʻi yoʻgʻi, orsizi boʻlmish maymunga aylanishga va xor-zorlikda, quvilgan holda yashashga amr berdi. Baʼzi ulamolarimiz taʼkidlashlaricha, albatta, bu maʼno shaklan maymun boʻlishni taqozo qilmaydi, balki maymunsifat xulq-atvor va tabiatga ega boʻlishni ham bildiradi. Bu hodisa ajoyib bir hodisadirki, qancha ibrat olinsa, shuncha oz.