فَجَعَلْنَـٰهَا نَكَـٰلًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهَا وَمَا خَلْفَهَا وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz bu (hodisa)ni uning oldidagilarga va keyinidagilarga va taqvodorlarga mav'iza qildik.Биз бу (ҳодиса)ни унинг олдидагиларга ва кейинидагиларга ва тақводорларга мавъиза қилдик.Alauddin Mansour: Biz bu uqubatni oʻsha vaqt va keyingi davrlar uchun ibrat, taqvoli kishilar uchun mavʼiza (nasihat) qildik.Биз бу уқубатни ўша вақт ва кейинги даврлар учун ибрат, тақволи кишилар учун мавъиза (насиҳат) қилдик.
Ushbu xabarlardan Bani Isroilning yana ikki axloqini bilib olsa boʻladi.
1. Koʻp taʼkidlashga qaramay, oʻzlariga tushgan vahiydan, ilohiy koʻrsatmalardan yuz oʻgirish.
2. Buyruq va qaytariqlarga yuzaki amal qilgan boʻlib, aslida xilof ish tutish.
Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom:
«Yahudiylar qilgan ishni sizlar qilmanglar, Alloh harom qilgan narsalarni har xil hiylalar bilan halol hisoblamanglar», deydilar.
Endigi keladigan oyatlarda Alloh taolo Bani Isroilga aloqador mashhur «Baqara»–sigir hodisasini eslatib oʻtadi. Ushbu surai karimaning nomi ham shundan olingan.