QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят67

وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تَذْبَحُوا۟ بَقَرَةً ۖ قَالُوٓا۟ أَتَتَّخِذُنَا هُزُوًا ۖ قَالَ أَعُوذُ بِٱللَّهِ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْجَـٰهِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso o`z qavmiga: «Alloh sizga sigir so`ymoqni buyurmoqda», deganini eslang. Ular: «Bizni masxara qilyapsanmi?» – dedilar. U: «Johillardan bo`lishimdan Allohdan panoh so`rayman», – dedi.Мусо ўз қавмига: «Аллоҳ сизга сигир сўймоқни буюрмоқда», деганини эсланг. Улар: «Бизни масхара қиляпсанми?» – дедилар. У: «Жоҳиллардан бўлишимдан Аллоҳдан паноҳ сўрайман», – деди.Alauddin Mansour: Eslang! Muso oʻz qavmiga: «Alloh bir sigir soʻyishlaringni buyurdi», deganida, ular: «Ustimizdan kulyapsanmi?», dedilar. (Muso) dedi: «Unday johillardan boʻlib qolishdan Alloh panoh berishini soʻrayman».Эсланг! Мусо ўз қавмига: «Аллоҳ бир сигир сўйишларингни буюрди», деганида, улар: «Устимиздан куляпсанми?», дедилар. (Мусо) деди: «Ундай жоҳиллардан бўлиб қолишдан Аллоҳ паноҳ беришини сўрайман».

10-sahifa · 1-juz · 1-hizb10-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslang, oʻshandaва эсланг, ўшандаقَالَdediдедиمُوسَىٰMusoМусоلِقَوْمِهِۦٓqavmigaқавмигаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَأْمُرُكُمْsizga buyurmoqdaсизга буюрмоқдаأَن-ni-ниتَذْبَحُوا۟soʻymoqniсўймоқниبَقَرَةًۭ ۖsigirсигирقَالُوٓا۟dedilarдедиларأَتَتَّخِذُنَاbizni ... qilyapsanmiбизни ... қиляпсанмиهُزُوًۭا ۖmasxaraмасхараقَالَdediдедиأَعُوذُpanoh soʻraymanпаноҳ сўрайманبِٱللَّهِAllohdanАллоҳданأَنْ-dan-данأَكُونَboʻlishimбўлишимمِنَ-dan-данٱلْجَـٰهِلِينَjohillarжоҳиллар
TafsirТафсир

Muso alayhissalomdek ulugʻ Paygʻambar–Bani Isroilni Firʼavn azobidan qutqargan, hamma yaxshiliklarga sabab boʻlgan zot yahudiylarga:

«Alloh sizga sigir soʻymoqni buyurmoqda»,

deb, ularga Allohning sigir soʻyishga amr etganini yetkazganlarida, «Xoʻp boʻladi, Alloh buyurgan boʻlsa, bosh ustiga», deyish oʻrniga,

Ular: «Bizni masxara qilyapsanmi?» – dedilar.

Bunaqa beodoblik va shakkoklikni faqat Bani Isroil kabi tabiati buzuq xalq qila oladi. Bu gap Muso alayhissalomga ogʻir botdi. Allohning nomidan odamlarni masxara qilib boʻladimi? Buyuk Paygʻambar Alloh aytmagan gapni «aytdi» deya oladimi? Ularning bu gapi ham Allohga, ham Uning Rasuliga nisbatan behurmatlik boʻlishi bilan birga, Muso alayhissalomga nisbatan tuhmat ham edi. Shuning uchun ham, u kishi:

«Johillardan boʻlishimdan Allohdan panoh soʻrayman»,–dedilar.

Shundan soʻng Bani Isroil, xoʻp, deb borib bir sigirni topib soʻysa, Allohning amrini bajargan boʻlar edi. Lekin ularning buzuq tabiati, fasod bosgan tafakkurlari bunga yoʻl qoʻymadi. Ular yana bir shumlikni boshladilar: