قَالُوا۟ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا هِىَ ۚ قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لَّا فَارِضٌ وَلَا بِكْرٌ عَوَانٌۢ بَيْنَ ذَٰلِكَ ۖ فَٱفْعَلُوا۟ مَا تُؤْمَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bayon qilib bersin», – dedilar. U: «U Zot, qari ham, yosh ham bo`lmagan, ikkovining o`rtasidagi sigir, deyapti. Bas, buyurilgan narsani bajaring», – dedi.Улар: «Роббингга дуо қил, унинг қандай эканини баён қилиб берсин», – дедилар. У: «У Зот, қари ҳам, ёш ҳам бўлмаган, икковининг ўртасидаги сигир, деяпти. Бас, буюрилган нарсани бажаринг», – деди.Alauddin Mansour: Ular: «Parvardigoringga duo qil, uning qandayligini bayon qilsin», dedilar. (Muso) dedi: «U zotning aytishicha, u qari ham, yosh gʻunajin ham boʻlmagan, ikkovining oʻrtasidagi bir sigirdir. Endi farmonni ado etinglar».Улар: «Парвардигорингга дуо қил, унинг қандайлигини баён қилсин», дедилар. (Мусо) деди: «У зотнинг айтишича, у қари ҳам, ёш ғунажин ҳам бўлмаган, икковининг ўртасидаги бир сигирдир. Энди фармонни адо этинглар».
Bani Isroil yana beodoblik qildi: Robbimiz demay,
Robbingga duo qil, dedilar. Shu bilanoq Allohga eʼtiqodlari yoʻqligini namoyish qildilar:
«Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bayon qilib bersin», – dedilar».
Shu uslub ila soʻyilishi lozim boʻlgan sigirning sifati qanday boʻlishini soʻrashdi. Muso alayhissalom odob bilan yana Allohning soʻzini ularga yetkazdilar:
«U Zot, qari ham, yosh ham boʻlmagan, ikkovining oʻrtasidagi sigir, deyapti»,–dedilar. Hamda murabbiy sifatida ularga, endi boshqa narsalarni soʻrab oʻtirmanglar, degandek qilib:
«Bas, buyurilgan narsani bajaring»,–dedilar.
Bani Isroil boshda indamay, xohlagan sigirni soʻysa, boʻlardi, savol berib oʻziga qiyin qilib oldi. Chunki, endi oʻrta yosh sigirni topish kerak boʻldi. Boshqasi qabul boʻlmaydi. Shundan ibrat olib, oʻz Paygʻambarlarining ikkinchi nasihatlariga amal qilib, aytilgan sigirni topib soʻysa, masala hal edi, ammo Bani Isroil yana yahudiyligiga bordi.