قَالُوا۟ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا لَوْنُهَا ۚ قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ صَفْرَآءُ فَاقِعٌ لَّوْنُهَا تَسُرُّ ٱلنَّـٰظِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Robbingga duo qil, uning rangini bayon qilib bersin», dedilar. U: «U Zot, rangi sap-sariq, qaraganlarni xursand qiladigan sigir, deyapti», – dedi.Улар: «Роббингга дуо қил, унинг рангини баён қилиб берсин», дедилар. У: «У Зот, ранги сап-сариқ, қараганларни хурсанд қиладиган сигир, деяпти», – деди.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Parvardigoringga duo qil. Uning rangini bayon qilsin». (Muso) aytdi: «U zotning aytishicha, u ochiq-mallarang sigir boʻlib, koʻrganlarning koʻngli chogʻ boʻladi».Улар дедилар: «Парвардигорингга дуо қил. Унинг рангини баён қилсин». (Мусо) айтди: «У зотнинг айтишича, у очиқ-малларанг сигир бўлиб, кўрганларнинг кўнгли чоғ бўлади».
Shunday qilib, ular yana oʻzlariga qiyinchilikni koʻpaytirib oldilar. Endi qari ham emas, yosh ham emas–oʻrta yosh, rangi sap- sariq, koʻrganni xursand qiladigan sigirni topib soʻyishlari lozim boʻlib qoldi. Xoʻsh, ular shunday sigirni axtarishga tushishdimi? Yoʻq, yana savol berishdi: