قَالُوا۟ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا هِىَ إِنَّ ٱلْبَقَرَ تَشَـٰبَهَ عَلَيْنَا وَإِنَّآ إِن شَآءَ ٱللَّهُ لَمُهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bizga bayon qilib bersin, sigir bizga noaniq bo`lib qoldi, biz, inshoalloh, albatta, hidoyat topuvchimiz», – dedilar.Улар: «Роббингга дуо қил, унинг қандай эканини бизга баён қилиб берсин, сигир бизга ноаниқ бўлиб қолди, биз, иншоаллоҳ, албатта, ҳидоят топувчимиз», – дедилар.Alauddin Mansour: Ular aytdilar: «Parvardigoringga duo qil, uning qandayligini bayon qilsin, bu mol bizga ishtibohli boʻlib qoldi. InshoAlloh, endi yoʻlimizni topib olamiz».Улар айтдилар: «Парвардигорингга дуо қил, унинг қандайлигини баён қилсин, бу мол бизга иштибоҳли бўлиб қолди. ИншоАллоҳ, энди йўлимизни топиб оламиз».
Bani Isroil Alloh taoloning amrini darhol bajarishga odatlanmagan, nobakor qavmligi avvaldan maʼlum edi. Ammo bu safar hammasidan oʻtib tushdi. Ular dastlab Muso alayhissalomdan sigir soʻyish haqidagi Allohning amrini eshitishlari bilan, inkor tariqasida «Bizni masxara qilyapsanmi?» dedilar. Amr ikkinchi bor takrorlanganda, soʻyilishi lozim boʻlgan sigirning umumiy sifatini soʻrashdi. Sigirning umumiy sifati bayon qilib berilib, amri ilohiy uchinchi marta takrorlanganda esa, uning rangi haqida savol berishdi. Soʻyilishi lozim boʻlgan sigirning rangi ham ochiq-oydin bayon etib berilgandan soʻng ham amrni bajarishga oʻtmay yana savol berishdi. Kelgusi oyati karimada Bani Isroilning oxirgi savoliga javob va qissaning xotimasi zikr etiladi.