قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لَّا ذَلُولٌ تُثِيرُ ٱلْأَرْضَ وَلَا تَسْقِى ٱلْحَرْثَ مُسَلَّمَةٌ لَّا شِيَةَ فِيهَا ۚ قَالُوا۟ ٱلْـَٔـٰنَ جِئْتَ بِٱلْحَقِّ ۚ فَذَبَحُوهَا وَمَا كَادُوا۟ يَفْعَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «U Zot, o`sha sigir minilmagan, yer haydash, ekin sug`orishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, aralashgan rangi yo`q, deyapti», – dedi. Ular: «Ana endi haqni keltirding», – dedilar. Bas, uni so`ydilar. Sal bo`lmasa, qila olmasdilar.У: «У Зот, ўша сигир минилмаган, ер ҳайдаш, экин суғоришда ишлатилмаган, айблардан саломат, аралашган ранги йўқ, деяпти», – деди. Улар: «Ана энди ҳақни келтирдинг», – дедилар. Бас, уни сўйдилар. Сал бўлмаса, қила олмасдилар.Alauddin Mansour: (Muso) aytdi: «U zotning aytishicha, u shunday sigirki, xor boʻlib Yer haydamaydi, u bilan (suv tashib) ekin sugʻormaydilar, aybu nuqsonsiz, unda oʻz rangidan boshqa rang-boʻyoq ham yoʻq». Ular: «Endi haqiqatni aytding», dedilar-da, uzoq mashaqqatlar chekib (oʻsha aytilgan sifatlarga ega boʻlgan sigirni topib) soʻydilar.(Мусо) айтди: «У зотнинг айтишича, у шундай сигирки, хор бўлиб Ер ҳайдамайди, у билан (сув ташиб) экин суғормайдилар, айбу нуқсонсиз, унда ўз рангидан бошқа ранг-бўёқ ҳам йўқ». Улар: «Энди ҳақиқатни айтдинг», дедилар-да, узоқ машаққатлар чекиб (ўша айтилган сифатларга эга бўлган сигирни топиб) сўйдилар.
Qayta-qayta soʻrayverganlari evaziga qari ham emas, yosh ham emas, oʻrta yosh, rangi xolis sap-sariq, koʻrganni xursand qiladigan chiroyli, yer haydash yoki sugʻorishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, rangi bir xil, boshqa rang hech aralashmagan sigirni topib soʻyishga buyurildilar va uni qiynalib-qiynalib topib soʻydilar.
Xoʻsh, shu bilan Allohning amrini ado etdilarmi? Alloh nima uchun ularni sigir soʻyishga buyurgan edi oʻzi? Bu savollarga javob keyingi oyatlarda keladi.
Qurʼoni Karimda badiiy uslubning turli xillari ishlatilgan boʻlib, ushbu qissada voqeaning boshlanishi oxirga surilgan va bu bilan oʻquvchi va eshituvchilarning eʼtiborini jalb qilish, qissaning taʼsirchanligini oshirish va yana oddiy insonning aqli yetishi qiyin boʻlgan boshqa koʻpgina hikmatlar koʻzlangan. Asosiy sabablaridan biri esa–bu joyda Alloh taolo Bani Isroilning jinoyatlarini bir-bir esga solayotibdi. Shu ruh qissaning ushbu shaklda kelishini taqozo etadi. Yaʼni, bunda ularning jinoyatlari ikkita ekanligi koʻrindi. Birinchisi, Allohning amrini istehzo qilib, uni ado qilishga shoshilmayotganlari boʻlsa, ikkinchisi odam oʻldirganliklaridir. Aksincha boʻlganida, bitta jinoyat qilganga oʻxshab qolar edilar.
Aslida, voqea bunday boʻlgan edi. Bani Isroil qavmidan kimdir birovni oʻldirib qoʻyadi. Kim oʻldirdi, degan savol paydo boʻladi. Shunda birinchi taraf aybni ikkinchi tarafga qoʻyadi va oʻzidan jinoyatni inkor etadi. Ikkinchi taraf ham, oʻz navbatida, aybni birinchi tarafga qoʻyadi va oʻzini aybsiz koʻrsatadi. Aksiga olib, voqeaning tepasida hech kim boʻlmagan, guvoh yoʻq. Alloh taolo sirni fosh qilish uchun oʻldirilgan shaxsni gapirtirmoqchi boʻldi va Bani Isroilga bir sigir topib soʻyishga va oʻsha soʻyilgan sigirdan bir boʻlak olib, oʻlikni urishga buyurdi. Shunda oʻlik Allohning irodasi bilan tirilib turib, qotil kim ekanini aytib berishi lozim edi.
Endi Qurʼoni Karim qissaning avvalini boshlaydi: