QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят72

وَإِذْ قَتَلْتُمْ نَفْسًا فَٱدَّٰرَْٰٔتُمْ فِيهَا ۖ وَٱللَّهُ مُخْرِجٌ مَّا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir jonni o`ldirib qo`yib, u haqida ixtilofga tushganingizni eslang. Alloh siz berkitgan narsani chiqarguvchidir.Бир жонни ўлдириб қўйиб, у ҳақида ихтилофга тушганингизни эсланг. Аллоҳ сиз беркитган нарсани чиқаргувчидир.Alauddin Mansour: Eslang (ey Bani Isroil), bir jonni oʻldirib qoʻyib, uning qotili kim ekani haqida janjallashib qolgandingiz, holbuki, Alloh yashirgan narsalaringizni yuzaga chiqarguvchidir.Эсланг (эй Бани Исроил), бир жонни ўлдириб қўйиб, унинг қотили ким экани ҳақида жанжаллашиб қолгандингиз, ҳолбуки, Аллоҳ яширган нарсаларингизни юзага чиқаргувчидир.

11-sahifa · 1-juz · 1-hizb11-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslang, oʻshandaва эсланг, ўшандаقَتَلْتُمْoʻldirib qoʻyibўлдириб қўйибنَفْسًۭاbir jonniбир жонниفَٱدَّٰرَْٰٔتُمْbas, ixtilofga tushdingizбас, ихтилофга тушдингизفِيهَا ۖu haqidaу ҳақидаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳمُخْرِجٌۭchiqarguvchidirчиқаргувчидирمَّاnarsaniнарсаниكُنتُمْsizсизتَكْتُمُونَberkitganберкитган
TafsirТафсир

Ha, Bani Isroil oʻz ichidan bir odamni oʻldirib, aybni bir- biriga agʻdarib, bosdi-bosdi qilib, qotillikni berkitib yubormoqchi boʻlgan edi. Jinoyatchi qavm ishni oʻz qarichi bilan oʻlchagan edi. Ular ustilarida har bir narsani biluvchi, har bir narsaga qodir–Aliymu Qodir sifatiga ega Zot–Alloh taolo turganidan gʻofil edilar. Mana, endi Ul Zot Bani Isroilga ayblarini yuzlariga solib, boʻlib oʻtgan ishlarni ular inkor qila olmaydigan tarzda aytib bermoqda. Alloh taolo ularga xitob qilib:

«Bir jonni oʻldirib qoʻyib, u haqida ixtilofga tushganingizni eslang», demoqda.

Yaʼni, sizlar bir odamni oʻldirib qoʻydingiz. Soʻngra, buni sen oʻldirding, men oʻldirganim yoʻq, qabilida ish tutib, qotilni yashirmoqchi, azobdan saqlab qolmoqchi boʻldingiz. Lekin:

«Alloh siz berkitgan narsani chiqarguvchidir».

Yaʼni, Alloh siz berkitib, birov bilmasin, deb uringan har bir narsani yuzaga chiqaruvchi, oshkor qiluvchidir. Jumladan, ushbu qotillikni sodir etgan shaxsni ham. Siz oʻzaro ixtilof qilib, tan olmay berkitib yubormoqchi boʻlsangizda, baribir, Alloh qotil kim ekanini yuzaga chiqaruvchidir. Bu ishning qandoq boʻlganini bilmoqchi boʻlsangiz, u juda ham oson boʻlgan: