فَقُلْنَا ٱضْرِبُوهُ بِبَعْضِهَا ۚ كَذَٰلِكَ يُحْىِ ٱللَّهُ ٱلْمَوْتَىٰ وَيُرِيكُمْ ءَايَـٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Bas, uni u(sigir)ning ba'zi joyi bilan uring», – dedik. Alloh xuddi shunday qilib o`liklarni tiriltirur va oyat — alomatlarini sizga ko`rsatur. Shoyadki, aql ishlatsangiz.«Бас, уни у(сигир)нинг баъзи жойи билан уринг», – дедик. Аллоҳ худди шундай қилиб ўликларни тирилтирур ва оят — аломатларини сизга кўрсатур. Шоядки, ақл ишлатсангиз.Alauddin Mansour: Shunda biz: «Uni (maqtulni) soʻyilgan sigirning bir boʻlagi bilan uringlar», degandik. Alloh oʻliklarni shu tariqa tiriltiradi va sizlarga fikr qilishingiz uchun oʻz oyatlarini koʻrsatadi.Шунда биз: «Уни (мақтулни) сўйилган сигирнинг бир бўлаги билан уринглар», дегандик. Аллоҳ ўликларни шу тариқа тирилтиради ва сизларга фикр қилишингиз учун ўз оятларини кўрсатади.
Qotilni aniqlash uchun oʻldirilgan shaxsni tiriltirish kerak edi. Buning uchun esa:
«Bas, uni u(sigir)ning baʼzi joyi bilan uring», – dedik».
Yaʼni, oʻlikni soʻyilgan sigirning baʼzi joyi bilan urishni talab etdik.
Shu oʻrinda: Alloh har narsaga qodir Zot, oʻsha oʻlikni shartta tiriltirib qoʻyaversa boʻlmasmidi? Sigir soʻydirib, uning baʼzi joyi bilan oʻlikni urdirishning nima hikmati bor?–degan savol paydo boʻladi. Javob shulki: avvalo, sigir Bani Isroilning odatiga koʻra, qurbonlikka soʻyiladigan hayvon edi, shuning uchun boshqa hayvon emas, aynan sigir ixtiyor etildi. Ikkinchidan, ular sigirni xudo qilib olib, unga ibodat ham qilishgan edi. Holbuki, ular sigʻinishayotgan narsa oddiy bir hayvondir. Shuni bildirib qoʻyish uchun, uni soʻyishga amr etildi. Qolaversa, soʻyilgan hayvonning bir boʻlagi ham jonsizdir, u bilan oʻlik urilsa, tirilib ketishi yolgʻiz Allohning qudratiga dalolatdir. Bu ramz bir vosita xolos, aslida inson oʻlikka qanday qilib jon kirganini bilmaydi, bilolmaydi ham. Alloh oʻlikni qanday qilib tiriltirishini koʻrsatib qoʻydi, xolos. Chunki Bani Isroil ham oʻlgandan soʻng tirilishni inkor qilar edi. Bitta oʻlikni tiriltirib, ularga koʻrsatib qoʻydi va:
«Alloh xuddi shunday qilib oʻliklarni tiriltirur», deb tanbeh beryapti. Oʻlikni tiriltirish haqiqati nimadan iborat ekanini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, bu ilohiy moʻʼjiza. Alloh ushbu moʻʼjizasini Bani Isroilga koʻrsatdi. Agar xohlasa, yana boshqa moʻʼjizalarni ham koʻrsataveradi:
«... va oyat – alomatlarini sizga koʻrsatur».
Eski tafsirlarimizning baʼzilarida oʻsha sigir parchasi qaysi parcha edi: dumimi yoki boshqa joyimi, deb uzundan-uzoq tortishilgan. Ammo ayrim ulamolar: «Buning ahamiyati yoʻq, kerak boʻlsa, Allohning Oʻzi aytar edi. Alloh aytmagan va bahs qilishni buyurmagan ishni bahs qilib, vaqtni, aqlni bekorga sarflashning nima keragi bor», deyishgan. Shu gap–juda toʻgʻri gap.
Boʻlib oʻtgan hodisalar Bani Isroilning qalbini larzaga solishi, ularni taqvoga chorlashi lozim edi. Lekin aksincha boʻldi: