QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят75

۞ أَفَتَطْمَعُونَ أَن يُؤْمِنُوا۟ لَكُمْ وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌ مِّنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلَـٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُۥ مِنۢ بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning iymon keltirishlarini tama' qilasizlarmi? Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va so`ngra uni tushunganlaridan keyin, bilib turib buzar edilar.Уларнинг иймон келтиришларини тамаъ қиласизларми? Ва ҳолбуки, улардан бир гуруҳлари Аллоҳнинг каломини эшитар эдилар ва сўнгра уни тушунганларидан кейин, билиб туриб бузар эдилар.Alauddin Mansour: Ularning iymonga kelishlariga orzumand boʻlasizmi (ey moʻminlar)? Holbuki ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshitadilar, soʻngra, uni anglab yetganlaridan keyin bilib turib oʻzgartiradilar.Уларнинг иймонга келишларига орзуманд бўласизми (эй мўминлар)? Ҳолбуки улардан бир гуруҳи Аллоҳнинг каломини эшитадилар, сўнгра, уни англаб етганларидан кейин билиб туриб ўзгартирадилар.

11-sahifa · 1-juz · 2-hizb11-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ أَفَتَطْمَعُونَtamaʼ qilasizlarmiтамаъ қиласизлармиأَن-ni-ниيُؤْمِنُوا۟iymon keltirishlariиймон келтиришлариلَكُمْsizlargaсизларгаوَقَدْva holbukiва ҳолбукиكَانَbor ediбор эдиفَرِيقٌۭbir guruhбир гуруҳمِّنْهُمْulardanуларданيَسْمَعُونَeshitar edilarэшитар эдиларكَلَـٰمَkalominiкаломиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингثُمَّsoʻngraсўнграيُحَرِّفُونَهُۥuni buzar edilarуни бузар эдиларمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَا(narsa)(нарса)عَقَلُوهُuni tushunganlariуни тушунганлариوَهُمْva ularва уларيَعْلَمُونَbilib turibбилиб туриб
TafsirТафсир

Bu oyati karimada musulmonlarga qilinayotgan xitobdan oʻsha paytda baʼzi ixlosli moʻminlar, yahudiylar iymonga kelib qolsalar kerak, degan orzuda boʻlganlarini koʻrsatadi. Albatta ularning bundoq tamaʼ qilishlariga asos bor edi. Ular bilan Madiynada birga yashab kelayotgan yahudiylar, ilohiy kitobga ega xalq sifatida, yaqinda oxirzamon Paygʻambari chiqishi, ular ul Paygʻambarga birinchi boʻlib iymon keltirishlari haqida tinmay gapirar edilar. Arablarning koʻplari yahudiylardan vasfini eshitgan paygʻambar–Muhammad sollallohu alayhi vasallamni koʻrishlari bilan iymonga keldilar. Endi esa, yahudiylarning oʻzlari ham iymonga kelishini tamaʼ qilishayotgan edilar. Alloh taolo oyatning avvalida ularning mazkur holatlarini vasf etib:

«Ularning iymon keltirishlarini tamaʼ qilasizlarmi?» demoqda.

Yaʼni, ey musulmonlar, sizlar, yahudiylarning iymon keltirib, moʻmin-musulmon boʻlishlaridan umidvor boʻlyapsizlarmi?

Agar sizlarda shundoq umidvorlik haqiqatan boʻlsa, bilib qoʻyingki, ish siz oʻylagandek emas, hol boshqacha.

«Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va soʻngra uni tushunganlaridan keyin, bilib turib buzar edilar».

Bunday odamlarning iymon keltirishlariga umid qilib boʻlmaydi. Chunki iymon oʻziga yarasha poklik, musaffolik, nurni qabul qilib olishga isteʼdod talab qiladi. Ammo yahudiylarda bu narsaga yaqinlik hech sezilmayapti. Ularning eng yaxshi vakillari boʻlmish diniy olimlariki, Allohning kalomini eshitib, uni tushunib yetgandan soʻng, bilib turib buzsalar, qolganlari nima ham qilar edi?!

Kelasi oyati karimada mazkur nobakor qavmning vasfi davom etadi.