QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят76

وَإِذَا لَقُوا۟ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَا بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ قَالُوٓا۟ أَتُحَدِّثُونَهُم بِمَا فَتَحَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ لِيُحَآجُّوكُم بِهِۦ عِندَ رَبِّكُمْ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar. Ba'zilari ba'zilari bilan xoli qolsalar, ularga: «Alloh sizga ochgan narsa haqida Robbingiz huzurida hujjat talashishlari uchun gapiryapsizmi? Aqlni ishlatmaysizmi?» derlar.Улар иймон келтирганларни учратсалар, иймон келтирдик, дерлар. Баъзилари баъзилари билан холи қолсалар, уларга: «Аллоҳ сизга очган нарса ҳақида Роббингиз ҳузурида ҳужжат талашишлари учун гапиряпсизми? Ақлни ишлатмайсизми?» дерлар.Alauddin Mansour: Ular iymonli kishilarga yoʻliqqanlarida: «Iymon keltirdik», deydilar. Bir-birovlari bilan yolgʻiz qolganlarida esa: «Ularga (musulmonlarga) Alloh sizlarga ochgan narsa haqida gapiryapsizlarmi? Oʻsha hujjat bilan Parvardigoringizning huzurida hujjatlashishlari uchun-a? Aqlingizni ishlatmaysizmi?», deyishadi.Улар иймонли кишиларга йўлиққанларида: «Иймон келтирдик», дейдилар. Бир-бировлари билан ёлғиз қолганларида эса: «Уларга (мусулмонларга) Аллоҳ сизларга очган нарса ҳақида гапиряпсизларми? Ўша ҳужжат билан Парвардигорингизнинг ҳузурида ҳужжатлашишлари учун-а? Ақлингизни ишлатмайсизми?», дейишади.

11-sahifa · 1-juz · 2-hizb11-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonва қачонلَقُوا۟uchratsalarучратсаларٱلَّذِينَularniуларниءَامَنُوا۟iymon keltirganlarniиймон келтирганларниقَالُوٓا۟deydilarдейдиларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикوَإِذَاva qachonва қачонخَلَاxoli qolsalarхоли қолсаларبَعْضُهُمْbaʼzilariбаъзилариإِلَىٰbilanбиланبَعْضٍۢbaʼzilariбаъзилариقَالُوٓا۟deydilarдейдиларأَتُحَدِّثُونَهُمularga gapiryasizmiуларга гапирясизмиبِمَاnarsa haqidaнарса ҳақидаفَتَحَochganочганٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْكُمْsizgaсизгаلِيُحَآجُّوكُمhujjat talashishlari uchunҳужжат талашишлари учунبِهِۦu bilanу биланعِندَhuzuridaҳузуридаرَبِّكُمْ ۚRobbingizРоббингизأَفَلَاaxir... emasmiахир... эмасмиتَعْقِلُونَaqlni ishlatmaysizақлни ишлатмайсиз
TafsirТафсир

Shunaqa sifat egalarining iymonga kelishidan umidvor boʻlish mumkinmi? Ular ikkiyuzlamachi qavmdir.

«Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar».

Yaʼni, mazkur ikkiyuzlamachi qavm musulmonlar bilan uchrashib qolganda, iymonga keldik, Muhammad alayhissalomga ummat boʻldik, deyishadi. Chunki Tavrotda u kishi haqlarida bashoratlar bor va yahudiylar u zotning Paygʻambar boʻlib kelishlarini kutayotgan edilar. Alloh taolo oʻsha Paygʻambar tufayli bizni dushmanlarimizga gʻolib qiladi, deyishar edi. Ammo:

«Baʼzilari baʼzilari bilan xoli qolsalar, ularga: «Alloh sizga ochgan narsa haqida Robbingiz huzurida hujjat talashishlari uchun gapiryapsizmi? Aqlni ishlatmaysizmi?» derlar».

Yaʼni, yahudiylar oʻzlari bir-birlari bilan yolgʻiz qolganlarida, oʻz ichlaridan haqiqatni oshkor qilganlarni soʻka boshlar edilar. Ular: Alloh sizga ochgan narsalarni, yaʼni, Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklari haq ekanini musulmonlarga aytib qoʻyasizlarmi? Axir unda, qiyomat kuni bular Allohning huzurida bu gapni oʻzimizga qarshi hujjat qilib keltirishadi-ku, deyishardi. Buzuq tabiatlari ularni Allohning sifatlarini bilishdan toʻsganligi xuddi shu gaplaridan namoyon boʻladi. Ular oʻzlaricha, bu gaplarni musulmonlarga aytsak, oʻzimizga qarshi hujjat boʻlib qoladi, aytmasak, hujjat boʻlmaydi, deb oʻylashadi. Xoʻsh, ular nima uchun bundoq qiladilar? Yoki...