QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят78

وَمِنْهُمْ أُمِّيُّونَ لَا يَعْلَمُونَ ٱلْكِتَـٰبَ إِلَّآ أَمَانِىَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning ichida kitobdan bexabar, xomxayoldan boshqani bilmaydigan omiylar bor. Ular faqat gumon qiladilar xolos.Уларнинг ичида китобдан бехабар, хомхаёлдан бошқани билмайдиган омийлар бор. Улар фақат гумон қиладилар холос.Alauddin Mansour: Ularning ichida kitobdan bexabar, faqat xom xayollarnigina biladigan omiylari ham borki, ular faqat gumon qiladilar, xolos.Уларнинг ичида китобдан бехабар, фақат хом хаёлларнигина биладиган омийлари ҳам борки, улар фақат гумон қиладилар, холос.

12-sahifa · 1-juz · 2-hizb12-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْهُمْva ulardanва уларданأُمِّيُّونَomiylar borомийлар борلَاemasэмасيَعْلَمُونَbiladiganбиладиганٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниإِلَّآfaqatфақатأَمَانِىَّxomxayolхомхаёлوَإِنْva emasва эмасهُمْularуларإِلَّاfaqatфақатيَظُنُّونَgumon qiladilarгумон қиладилар
TafsirТафсир

Yaʼni, yahudiylar ichida Tavrotdan bexabar, unda nima gap borligini bilmaydigan, savodsiz omilar ham bor. Oʻsha omilarning bilgani faqat xomxayol, xolos. Ular turli narsalarni gumon qilib, oʻsha gumonlariga ishonib yuraveradilar. Bu omilarning shunday holga tushib qolishiga nima sabab? Asosiy sabablaridan biri– zalolatga ketgan ulamolar. Oʻshalar omi xalqning kitobdan bexabar qolishiga, xomxayollarga berilib, gumondan boshqani bilmay qolishiga sabab boʻlganlar. Oʻshandoq nobakor diniy rahbarlarning holatlarini quyidagi oyat fosh qiladi: