QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят79

فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ يَكْتُبُونَ ٱلْكِتَـٰبَ بِأَيْدِيهِمْ ثُمَّ يَقُولُونَ هَـٰذَا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ لِيَشْتَرُوا۟ بِهِۦ ثَمَنًا قَلِيلًا ۖ فَوَيْلٌ لَّهُم مِّمَّا كَتَبَتْ أَيْدِيهِمْ وَوَيْلٌ لَّهُم مِّمَّا يَكْسِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitobni o`z qo`li bilan yozib, so`ngra uni arzon bahoga sotish uchun: «Bu Allohning huzuridan», deydiganlarga halokat bo`lsin! Ularga qo`llari bilan yozgan narsalaridan halokat bo`lsin! Ularga topgan foydalaridan halokat bo`lsin!Китобни ўз қўли билан ёзиб, сўнгра уни арзон баҳога сотиш учун: «Бу Аллоҳнинг ҳузуридан», дейдиганларга ҳалокат бўлсин! Уларга қўллари билан ёзган нарсаларидан ҳалокат бўлсин! Уларга топган фойдаларидан ҳалокат бўлсин!Alauddin Mansour: Oʻz qoʻllari bilan kitob yozib, soʻngra ozgina qiymatga sotish uchun: «Bu kitob Alloh huzuridan keldi», deydigan kimsalarga halokat boʻlgʻay, bas, yozgan narsalari ularga halokat boʻlgʻay, topgan foydalari ularga halokat boʻlgʻay.Ўз қўллари билан китоб ёзиб, сўнгра озгина қийматга сотиш учун: «Бу китоб Аллоҳ ҳузуридан келди», дейдиган кимсаларга ҳалокат бўлғай, бас, ёзган нарсалари уларга ҳалокат бўлғай, топган фойдалари уларга ҳалокат бўлғай.

12-sahifa · 1-juz · 2-hizb12-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَوَيْلٌۭbas, halokat boʻlsinбас, ҳалокат бўлсинلِّلَّذِينَulargaуларгаيَكْتُبُونَyozadiganёзадиганٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниبِأَيْدِيهِمْoʻz qoʻllari bilanўз қўллари биланثُمَّsoʻngraсўнграيَقُولُونَdeydiganдейдиганهَـٰذَاbuбуمِنْ-dan-данعِندِhuzuridanҳузуриданٱللَّهِAllohАллоҳلِيَشْتَرُوا۟sotish uchunсотиш учунبِهِۦuniуниثَمَنًۭاbahogaбаҳогаقَلِيلًۭا ۖarzonарзонفَوَيْلٌۭbas, halokat boʻlsinбас, ҳалокат бўлсинلَّهُمulargaуларгаمِّمَّاnarsadanнарсаданكَتَبَتْyozganёзганأَيْدِيهِمْqoʻllariқўллариوَوَيْلٌۭva halokat boʻlsinва ҳалокат бўлсинلَّهُمulargaуларгаمِّمَّاnarsadanнарсаданيَكْسِبُونَtopgan foydalariтопган фойдалари
TafsirТафсир

Oyati karima zikr qilgan «arzon baho» haqida Imom Hasan Basriy:

«Arzon baho–dunyo va uning narsalaridir» degan ekanlar. Dunyoga molu boylik, mansab va boshqalar kiradi.

Ushbu oyati karimada inson tomonidan sodir etiladigan eng ulkan jinoyatlardan biri haqida soʻz ketmoqda. Bu oyati karimada dunyo tarixidagi eng ulkan jinoyatlardan birini sodir etgan nobakorga duoi bad boʻlmoqda.

«Kitobni oʻz qoʻli bilan yozib, soʻngra uni arzon bahoga sotish uchun: «Bu Allohning huzuridan», deydiganlarga halokat boʻlsin!»

Molu dunyo, mansabu amal, ayshu ishrat va huzur-halovot yoʻlida, bilib turib, din ahkomlarini buzadigan ahli jaholatning vasfi budir! Undoq johillar oʻzlariga diniy ilmlarni bilish nisbatini beradilar. Ular kishilarga diniy taʼlim berish, din ahkomlarini bayon qilib berish daʼvosini qiladilar. Boshqa kishilar, xususan diniy ilmlardan bexabarlar yoki yetarli ilmi boʻlmaganlar ehtiyojlari tushganda ana oʻsha diniy ilm sohibiligini daʼvo qilib yurgan shaxslarga murojaat qiladilar. Bundoq paytda haqiqiy diniy olim Allohning hukmini toʻgʻri holda aytib beradi. Soxta diniy olim esa, vaziyatga qaraydi. U oʻzining dunyoviy manfaatini hamma narsadan ustun qoʻyadi. U oʻziga foyda yetishi uchun Alloh harom qilgan narsani halol deyishi yoki aksincha, Alloh halol qilgan narsani harom deyishi turgan gap. Shundoq qilib, dinni buzadilar. Natijada, barcha tomon rasvo boʻladi. Shuning uchun ham, oyatda undoq kishilarga halokat tilab duoi bad qilinmoqda. Ha:

«Ularga qoʻllari bilan yozgan narsalaridan halokat boʻlsin! Ularga topgan foydalaridan halokat boʻlsin!»

Yahudiylar ana shundoq qavm edilar. Ularning omilari dinlarini oʻrganmay, xomxayollar bilan yurar edilar. Ularning olimlari esa, dinni arzon bahoga sotar edilar.

Omilari va olimlarining holi bunday boʻlgan qavmning iymonga kelishidan umidvor boʻlsa boʻladimi?! Tafsirchi olimlarimiz oyatlar Bani Isroil haqida tushgan boʻlsa ham, hammaga tegishlidir, deganlar. Hozirgi kunda mazkur sifatlarning koʻplari «musulmonman» deb gerdayib yurganlarda ham mavjudligi kishini dahshatga soladi.

Kelgusi oyatda yahudiylarning xomxayollaridan yana biri keltiriladi va unga javob ham qilinadi: