وَقَالُوا۟ لَن تَمَسَّنَا ٱلنَّارُ إِلَّآ أَيَّامًا مَّعْدُودَةً ۚ قُلْ أَتَّخَذْتُمْ عِندَ ٱللَّهِ عَهْدًا فَلَن يُخْلِفَ ٱللَّهُ عَهْدَهُۥٓ ۖ أَمْ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular: «Bizga (do`zax) o`ti hech tegmas, tegsa ham sanoqli kunlargina tegadir», – dedilar. Sen: «Allohdan ahd oldingizmi? Zotan, Alloh ahdiga hech xilof qilmas. Yoki Allohning nomidan bilmagan narsangizni gapiryapsizmi?» – deb ayt.Ва улар: «Бизга (дўзах) ўти ҳеч тегмас, тегса ҳам саноқли кунларгина тегадир», – дедилар. Сен: «Аллоҳдан аҳд олдингизми? Зотан, Аллоҳ аҳдига ҳеч хилоф қилмас. Ёки Аллоҳнинг номидан билмаган нарсангизни гапиряпсизми?» – деб айт.Alauddin Mansour: Yahudiylar: «Bizlarga doʻzax oʻti sanoqli kunlardagina tegadi», dedilar. Ularga ayting: «(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Allohdan ahdu paymon oldingizmi — zotan, Alloh hargiz ahdiga xilof qilmaydi — yoki Alloh haqida bilmagan narsalaringizni aytyapsizmi?»Яҳудийлар: «Бизларга дўзах ўти саноқли кунлардагина тегади», дедилар. Уларга айтинг: «(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳдан аҳду паймон олдингизми — зотан, Аллоҳ ҳаргиз аҳдига хилоф қилмайди — ёки Аллоҳ ҳақида билмаган нарсаларингизни айтяпсизми?»
Hamma baloning boshi shunda. Ularning buzuq aqiydalari, xomxayollari boʻyicha, nima qilsalar ham, qancha gunoh ishlasalar ham doʻzaxga tushmaydilar yoki tushsalar ham, faqat sanoqli kunlargagina tushadilar. Soʻngra, jannatga kiradilar. Shuning uchun, ular hech narsadan qoʻrqmaydilar.
Xoʻsh, ular bu gapni qayerdan oldilar? Yoki bu haqda Allohdan ahdu paymon olganlarmi? Doʻzaxga faqat sanoqli kunlargagina tushib, soʻngra jannatga chiqishlari haqida Alloh vaʼda berganmi?
Vaʼda bergan boʻlganida shunday boʻlardi, chunki, shubhasiz, Alloh hech ahdiga xilof qilmaydigan Zotdir.
Yoki Allohning nomidan oʻzlari bilmagan narsani gapiryaptilarmi?
Endigi oyatda ularning bu daʼvolariga Islomning umumiy qoidasi asosida qatʼiy javob keladi: