بَلَىٰ مَن كَسَبَ سَيِّئَةً وَأَحَـٰطَتْ بِهِۦ خَطِيٓـَٔتُهُۥ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Kim gunoh qilsa va uni xatolari o`rab olgan bo`lsa, ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.Йўқ! Ким гуноҳ қилса ва уни хатолари ўраб олган бўлса, ана ўшалар дўзах эгаларидир. Улар унда абадий қолурлар.Alauddin Mansour: Yoʻq! Kimda-kim yomonlik kasb qilsa va gunohga oʻralib qolsa, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular oʻsha joyda abadiy qolajaklar.Йўқ! Кимда-ким ёмонлик касб қилса ва гуноҳга ўралиб қолса, ана ўшалар дўзах эгаларидир. Улар ўша жойда абадий қолажаклар.
Demak, ish xomxayol bilan, har kimning oʻzicha aytgan gapi bilan bitmas ekan. Kim doʻzaxiy, kim jannatiy boʻlishining qatʼiy ilohiy oʻlchovi bor ekan. Ushbu oʻlchovga binoan, kim yahudiylarga oʻxshab gunoh ishlarni ochiq qilsa va uning xatolari koʻpayib qolgan boʻlsa, oʻsha doʻzaxga tushadi. Va unda abadiy qoladi.
Imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom:
«Kam eʼtibor beriladigan kichik gunohlardan ehtiyot boʻlinglar, chunki ular bir odamda toʻplansa, uni halok qiladi», deganlar.
Jannatga ham xomxayol bilan, biror qavm yoki xalqning vakili boʻlish eʼtibori bilan emas, balki iymon va amali solih bilan kirilishini kelasi oyat bayon qiladi: