وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana o`shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.Ва иймон келтириб, яхши амалларни қилганлар, ана ўшалар жаннат эгаларидир. Улар унда абадий қолурлар.Alauddin Mansour: Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar esa jannat egalari boʻlib, oʻsha joyda abadiy qolguvchilardir.Иймон келтириб, яхши амаллар қилган зотлар эса жаннат эгалари бўлиб, ўша жойда абадий қолгувчилардир.
Demak, jannatga kirib, unda abadiy qolish uchun Bani Isroildan boʻlish shart emas ekan, balki iymon kerak ekan. Iymon boʻlganda ham haqiqiy iymon lozim. Nomiga, xoʻjakoʻrsinga boʻlgan iymon emas. Koʻplar musulmonlikni daʼvo qiladi. Ammo musulmon kishi qilishi lozim boʻlgan bandalik burchini ham bajarmaydi. Shu bilan birga, naqd jannatning toʻridan joy olishni daʼvo qiladi. Ushbu oyatda, xuddi boshqa oyatlardagi kabi, oʻsha qabildagi kishilarga ham raddiya bor. Chunki jannat egasi boʻlib, unda abadiy qolish baxtiga sazovor boʻlish uchun iymon va yaxshi amallar shart qilinmoqda. Iymon–Islom aqiydasi talab qilgan iymondir. Yaxshi amallar esa–Islom dini qilishga buyurgan amallardir.
Haqiqiy iymon kishini shariat koʻrsatgan yaxshi amallarni qilishga, qaytargan yomon amallardan qaytishga chorlaydi. Shundan kelib chiqilsa, buning aksini qiladigan odamlarni haqiqiy iymon egasi deb boʻladimi?
Keyingi oyatlarda Alloh taolo moʻmin-musulmonlarga yahudiylarning kirdikorlarini yana ham koʻproq fosh qiladi.
Maʼlumki, avvalgi oyatlarda Alloh Bani Isroildan ahdu paymon olganini umumiy tarzda aytib oʻtgan edi. Endi oʻsha ahdu paymon qilingan narsalardan baʼzilari alohida zikr etiladi: