QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят83

وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَـٰقَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ لَا تَعْبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَانًا وَذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَـٰمَىٰ وَٱلْمَسَـٰكِينِ وَقُولُوا۟ لِلنَّاسِ حُسْنًا وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ ثُمَّ تَوَلَّيْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا مِّنكُمْ وَأَنتُم مُّعْرِضُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan boshqaga ibodat etmaysiz, ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga yaxshilik qilasiz, odamlarga yaxshi gaplar ayting, namozni qoim qiling, zakot bering, deb Bani Isroildan ahdu paymon olganimizni eslang. So`ngra, ozginangizdan boshqangiz yuz o`girib, ortga qarab ketdingiz.Аллоҳдан бошқага ибодат этмайсиз, ота-онага, қариндошларга, етимларга, мискинларга яхшилик қиласиз, одамларга яхши гаплар айтинг, намозни қоим қилинг, закот беринг, деб Бани Исроилдан аҳду паймон олганимизни эсланг. Сўнгра, озгинангиздан бошқангиз юз ўгириб, ортга қараб кетдингиз.Alauddin Mansour: «Faqat Allohgagina ibodat qilasizlar, ota-ona, qarindosh-urugʻ, yetim va miskinlarga yaxshilik qilasizlar. Odamlarga chiroyli soʻzlar soʻzlangiz va namozni toʻkis ado qiling, zakotni bering», deb Bani Isroildan ahdu paymon olganimizni eslanglar. Keyin esa (Ey Bani Isroil,) ozgina kishidan tashqari hammangiz yuz oʻgirgan holda ketdingiz.«Фақат Аллоҳгагина ибодат қиласизлар, ота-она, қариндош-уруғ, етим ва мискинларга яхшилик қиласизлар. Одамларга чиройли сўзлар сўзлангиз ва намозни тўкис адо қилинг, закотни беринг», деб Бани Исроилдан аҳду паймон олганимизни эсланглар. Кейин эса (Эй Бани Исроил,) озгина кишидан ташқари ҳаммангиз юз ўгирган ҳолда кетдингиз.

12-sahifa · 1-juz · 2-hizb12-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslangва эслангأَخَذْنَاolganimizniолганимизниمِيثَـٰقَahdu paymoniniаҳду паймониниبَنِىٓbaniбаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroildanИсроилданلَاemasэмасتَعْبُدُونَibodat etasizибодат этасизإِلَّاfaqatфақатٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَبِٱلْوَٰلِدَيْنِva ota-onagaва ота-онагаإِحْسَانًۭاyaxshilik qilasizяхшилик қиласизوَذِىvaваٱلْقُرْبَىٰqarindoshlargaқариндошларгаوَٱلْيَتَـٰمَىٰva yetimlargaва етимларгаوَٱلْمَسَـٰكِينِva miskinlargaва мискинларгаوَقُولُوا۟va aytingва айтингلِلنَّاسِodamlargaодамларгаحُسْنًۭاyaxshi gaplarяхши гапларوَأَقِيمُوا۟va qoim qilingва қоим қилингٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَءَاتُوا۟va beringва берингٱلزَّكَوٰةَzakotзакотثُمَّsoʻngraсўнграتَوَلَّيْتُمْyuz oʻgirdingizюз ўгирдингизإِلَّاboshqaбошқаقَلِيلًۭاozginangizdanозгинангизданمِّنكُمْsizlardanсизларданوَأَنتُمva sizва сизمُّعْرِضُونَortga qarab ketdingizортга қараб кетдингиз
TafsirТафсир

Mulohaza qilinsa, Alloh taolo Bani Isroildan ahdu paymon olgan ishlar Islom dini ham buyurgan ishlardir. Shundan hamma samoviy dinlarning birligi kelib chiqadi. Tavhid aqiydasining asosi–Allohdan boshqaga ibodat qilmaslik–ahdu paymon olingan ishlarning boshida sanalyapti. Ota-onaga yaxshilik qilish har bir farzandning muqaddas burchi hisoblanadi. Qarindoshlarning qarindoshlik haqqi bor, ularga ham yaxshilik qilish lozim. Yetimlar– boquvchisiz qolgan yosh bolalardir. Jamiyatda ularning ham haqqi bor. Shuningdek, miskinlar ham turli sabablarga koʻra, hayoti noqulay hollarga tushib qolgan shaxslardir, ularga ham yaxshilik koʻrsatish insonning insoniylik burchi hisoblanadi.

Oyatdagi «Odamlarga yaxshi gaplar ayting» jumlasini tafsir qilib, Imom Hasan Basriy: «Yaxshi gap–amri maʼruf, nahyi munkar, hilmu afv, kechirim va shirin soʻzlardan iboratdir», deganlar.

Namozni qoim qilish, yaʼni, hamma amallarini joy-joyiga qoʻyib ado etish hamma samoviy dinlarda ham asosiy ibodatlardan hisoblanadi.

Imom Buxoriy va imom Muslim hazrati Abdulloh ibn Masʼuddan rivoyat qilgan hadisda u kishi Paygʻambar alayhissalomdan:

«Ey, Allohning Rasuli, qaysi amal eng afzaldir?» deb soʻraganlarida, u zoti bobarakot:

«Oʻz vaqtida oʻqilgan namoz», deb javob bergan ekanlar. Shuningdek, zakot ham ulugʻ moliyaviy ibodatlardan hisoblanadi.

Alloh taolo mazkur amallarni bajarishga Bani Isroildan ahdu paymon (taʼkidlangan vaʼda) olgan boʻlishiga qaramay, ular oʻz odatlari boʻyicha, bu ahd-paymondan yuz oʻgirdilar va qasddan ortga qarab ketdilar.