وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَـٰقَكُمْ لَا تَسْفِكُونَ دِمَآءَكُمْ وَلَا تُخْرِجُونَ أَنفُسَكُم مِّن دِيَـٰرِكُمْ ثُمَّ أَقْرَرْتُمْ وَأَنتُمْ تَشْهَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir-biringizning qonlaringizni to`kmaysiz va diyoringizdan chiqarmaysiz, deb sizlardan ahdu paymon olganimizni eslang. So`ngra, guvohlik berib turib iqror bo`ldingiz.Бир-бирингизнинг қонларингизни тўкмайсиз ва диёрингиздан чиқармайсиз, деб сизлардан аҳду паймон олганимизни эсланг. Сўнгра, гувоҳлик бериб туриб иқрор бўлдингиз.Alauddin Mansour: Eslang, «Bir-biringizning qoningizni toʻkmaysiz, bir-birovlaringizni diyorlaringizdan haydamaysiz», deb ahdu paymoningizni olgandik, soʻngra oʻzingiz guvoh boʻlganingiz holda bunga iqror boʻlgandingiz.Эсланг, «Бир-бирингизнинг қонингизни тўкмайсиз, бир-бировларингизни диёрларингиздан ҳайдамайсиз», деб аҳду паймонингизни олгандик, сўнгра ўзингиз гувоҳ бўлганингиз ҳолда бунга иқрор бўлгандингиз.
Bani Isroil Alloh taologa bergan ahdu paymon boʻyicha, yana, ular bir-birlarini oʻldirmasliklari va baʼzilari baʼzilarini oʻz diyorlaridan haydab chiqarmasliklari lozim edi. Shunga oʻzlari iqror boʻlgan edilar. Demak, ahdu paymon ixtiyoriy va rozi boʻlgan holda bogʻlandi. Endi unga amal qilish kerak boʻladi. Yahudiylar qanday amal qildilar?