QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят85

ثُمَّ أَنتُمْ هَـٰٓؤُلَآءِ تَقْتُلُونَ أَنفُسَكُمْ وَتُخْرِجُونَ فَرِيقًا مِّنكُم مِّن دِيَـٰرِهِمْ تَظَـٰهَرُونَ عَلَيْهِم بِٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَإِن يَأْتُوكُمْ أُسَـٰرَىٰ تُفَـٰدُوهُمْ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْكُمْ إِخْرَاجُهُمْ ۚ أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ ٱلْكِتَـٰبِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍ ۚ فَمَا جَزَآءُ مَن يَفْعَلُ ذَٰلِكَ مِنكُمْ إِلَّا خِزْىٌ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يُرَدُّونَ إِلَىٰٓ أَشَدِّ ٱلْعَذَابِ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, siz o`zingizni o`zingiz o`ldirasiz va bir guruhingizni diyoridan chiqarasiz hamda ularga qarshi gunoh va dushmanlik yo`lida yordam berasiz. Agar ular asir bo`lsalar, qutqarib olasiz. Va holbuki, ularni chiqarish harom edi. Yoki kitobning ba'zisiga iymon keltirib, ba'zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan o`shandoq qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo`lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan g`ofil emas.Сўнгра, сиз ўзингизни ўзингиз ўлдирасиз ва бир гуруҳингизни диёридан чиқарасиз ҳамда уларга қарши гуноҳ ва душманлик йўлида ёрдам берасиз. Агар улар асир бўлсалар, қутқариб оласиз. Ва ҳолбуки, уларни чиқариш ҳаром эди. Ёки китобнинг баъзисига иймон келтириб, баъзисига куфр келтирасизми?! Сизлардан ўшандоқ қилганларнинг жазоси бу дунёда фақат расво бўлишликдир, қиёмат кунида эса, энг шиддатли азобга қайтарилурлар. Аллоҳ қилаётганингиздан ғофил эмас.Alauddin Mansour: Keyin esa oʻzingiz bir-biringizni oʻldirmoqdasiz, oʻz toifangizdan boʻlgan bir guruhni diyorlaridan haydab, ularning ustida gunoh va zulm bilan bir-biringizga hamkorlik qilmoqdasiz. Agar ular sizlarga asir holda kelishsa, tovon toʻlab qutqarib ham olasiz. Holbuki, ularni haydash sizlarga harom qilingan edi. Yo kitobning (Tavrotning) bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi? Oralaringdan kim bu ishni qilsa, uning jazosi bu dunyoda rasvo boʻlish, Qiyomat Kunidan esa qattiq azobga duchor qilinadilar. Alloh qilayotgan ishlaringdan gʻofil emasdir.Кейин эса ўзингиз бир-бирингизни ўлдирмоқдасиз, ўз тоифангиздан бўлган бир гуруҳни диёрларидан ҳайдаб, уларнинг устида гуноҳ ва зулм билан бир-бирингизга ҳамкорлик қилмоқдасиз. Агар улар сизларга асир ҳолда келишса, товон тўлаб қутқариб ҳам оласиз. Ҳолбуки, уларни ҳайдаш сизларга ҳаром қилинган эди. Ё китобнинг (Тавротнинг) бир қисмига ишониб, бир қисмини инкор қиласизми? Ораларингдан ким бу ишни қилса, унинг жазоси бу дунёда расво бўлиш, Қиёмат Кунидан эса қаттиқ азобга дучор қилинадилар. Аллоҳ қилаётган ишларингдан ғофил эмасдир.

13-sahifa · 1-juz · 2-hizb13-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграأَنتُمْsizсизهَـٰٓؤُلَآءِana oʻshalarана ўшаларتَقْتُلُونَoʻldirasizўлдирасизأَنفُسَكُمْoʻzingizniўзингизниوَتُخْرِجُونَva chiqarasizва чиқарасизفَرِيقًۭاbir guruhniбир гуруҳниمِّنكُمsizlardanсизларданمِّن-dan-данدِيَـٰرِهِمْdiyoridanдиёриданتَظَـٰهَرُونَyordam berasizёрдам берасизعَلَيْهِمularga qarshiуларга қаршиبِٱلْإِثْمِgunoh yoʻlidaгуноҳ йўлидаوَٱلْعُدْوَٰنِva dushmanlikdaва душманликдаوَإِنva agarва агарيَأْتُوكُمْsizga kelsalarсизга келсаларأُسَـٰرَىٰasir boʻlibасир бўлибتُفَـٰدُوهُمْqutqarib olasizқутқариб оласизوَهُوَva holbuki, uва ҳолбуки, уمُحَرَّمٌharom ediҳаром эдиعَلَيْكُمْsizgaсизгаإِخْرَاجُهُمْ ۚularni chiqarishуларни чиқаришأَفَتُؤْمِنُونَiymon keltirasizmiиймон келтирасизмиبِبَعْضِbaʼzisigaбаъзисигаٱلْكِتَـٰبِkitobningкитобнингوَتَكْفُرُونَva kufr keltirasizва куфр келтирасизبِبَعْضٍۢ ۚbaʼzisigaбаъзисигаفَمَاbas, nimaбас, нимаجَزَآءُjazosiжазосиمَنkimningкимнингيَفْعَلُqiladiganқиладиганذَٰلِكَoʻshaniўшаниمِنكُمْsizlardanсизларданإِلَّاfaqatфақатخِزْىٌۭrasvo boʻlishрасво бўлишفِى-da-даٱلْحَيَوٰةِhayotdaҳаётдаٱلدُّنْيَا ۖdunyoдунёوَيَوْمَva kunidaва кунидаٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматيُرَدُّونَqaytarilurlarқайтарилурларإِلَىٰٓ-ga-гаأَشَدِّeng shiddatliэнг шиддатлиٱلْعَذَابِ ۗazobgaазобгаوَمَاva emasва эмасٱللَّهُAllohАллоҳبِغَـٰفِلٍgʻofilғофилعَمَّاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotganқилаётган
TafsirТафсир

Madiynai Munavvara arablari, avval aytganimizdek, ikki qabilaga–Avs va Xazraj qabilalariga boʻlingan edi. Ular shirk ahli boʻlib, jaholatda edilar va johiliyat ahli sifatida tez-tez bir- birlari bilan urushib turar edilar. Madiynai Munavvara yahudiylari esa, uch qabila boʻlib, Bani Qayniqoʼ qabilasi arablarning Xazraj qabilasi bilan doʻst edi. Bani Naziyr va Bani Qurayza esa, Avs qabilasi bilan doʻst edi. Agar arablar bir-birlari bilan urushib qolsalar, oralaridagi doʻstlik kelishuviga binoan, yahudiylar ham har qaysisi oʻzi doʻst boʻlgan qabila tarafida turib urushga chiqar edilar. Natijada, yahudiylar bir-birlarini oʻldirar, diyorlaridan haydab chiqarish hollari yuz berar edi. Bular esa, oyatda taʼkidlangan ahdu paymonni buzishdir. U ahdu paymon Tavrotda yozilgan, yahudiylar uni oʻqib turishadi, hukmini bilishadi. Arablar johiliyat ahli ekanligi, samoviy kitobdan, ilohiy koʻrsatmadan umuman bexabar ekanliklari boʻlayotgan urushlarda ular uchun uzrdir. Ammo samoviy kitob egasi boʻlib, Muso alayhissalomdek ulugʻ Paygʻambarga ummat boʻlaturib, yahudiylarning bir-birlarini oʻldirishga va diyorlaridan chiqarishga qanday uzrlari boʻlishi mumkin? Axir, ular doimo ahli kitob ekanliklari bilan maqtanib yuradilar-ku!? Shuning uchun ham, agar Tavrotga muvofiq biror ish qilsalar, darrov faxrlanishga oʻtadilar. Jumladan, mazkur urushlar toʻxtab qolganda, yahudiy asirlarni tovon toʻlab ozod qilib olar ekanlar. Ahvolni tushungan baʼzi odamlar:

«Kechagina bular bilan urushib turgan edingiz, bugun nimaga tovon toʻlab asirlikdan ozod qilib olyapsiz?» deb soʻrasa, ular:

«Tavrotda Bani Isroildan qoʻlga tushganini koʻrsang, albatta, olib ozod qil, deb aytilgan, shunga amal qildik», deyishar ekan. Aslida esa, Tavrotda oʻsha qoʻlga tushganni diyordan chiqarish, unga qarshi urushish ham harom qilingan, lekin u toʻgʻrida ogʻiz ochmas ekanlar.

Shuning uchun ham, oyatda: «Agar ular asir boʻlsalar, qutqarib olasiz. Va holbuki, ularni chiqarish harom edi», deyildi.

Ularning bu ishi Tavrotning baʼzi joyiga iymon keltirib, baʼzi joyiga kufr keltirishdan boshqa narsa emas.

Holbuki, Alloh taolo hamma narsadan xabardordir.

Kishini dahshatga soladigani shulki, yahudiylarning bunaqa qabih sifatlari oʻzini musulmon deb yurgan kishilar orasida ham tarqalib bormoqda.

Soʻngra, musulmonlarga va butun insoniyatga yahudiylarning haqiqati bayon qilinadi: