QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят86

أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُا۟ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا بِٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ فَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar dunyo hayotini oxiratga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmas va ularga yordam ham berilmas.Ана ўшалар дунё ҳаётини охиратга сотиб олганлардир. Улардан азоб енгиллатилмас ва уларга ёрдам ҳам берилмас.Alauddin Mansour: Ana oʻshalar Oxirat oʻrniga dunyo hayotini sotib olgan kimsalardir. Bas, azoblari yengillatilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi.Ана ўшалар Охират ўрнига дунё ҳаётини сотиб олган кимсалардир. Бас, азоблари енгиллатилмайди ва уларга ёрдам ҳам берилмайди.

13-sahifa · 1-juz · 2-hizb13-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَularуларٱشْتَرَوُا۟sotib olganlarсотиб олганларٱلْحَيَوٰةَhayotiniҳаётиниٱلدُّنْيَاdunyoдунёبِٱلْـَٔاخِرَةِ ۖoxiratgaохиратгаفَلَاbas, emasбас, эмасيُخَفَّفُyengillatilmasенгиллатилмасعَنْهُمُulardanуларданٱلْعَذَابُazobазобوَلَاva emasва эмасهُمْulargaуларгаيُنصَرُونَyordam berilmasёрдам берилмас
TafsirТафсир

Oxiratni sotib, dunyoni olish yahudiylarning eng katta sifatlaridan boʻlib, ularning mashgʻulotlari oʻzi shudir.

Ularning fikri-zikrlari, saʼyu koʻshishlari faqatgina bu dunyo matohi uchun boʻlganidan, bu dunyoda baʼzi maqsadlari–besh kunlik hoyu-havasga erishishlari mumkin. Ammo u dunyoda:

«Ulardan azob yengillatilmas va ularga yordam ham berilmas».

Bu, Alloh taoloning vaʼdasidir. U Zot hech vaʼdasiga xilof qilmaydi. Yahudiylar oʻz qilmishlari tufayli oxiratlarini kuydirdilar. Nafaqat oxiratlarini, balki ikki dunyolarini xarob ayladilar. Ushbu oyatdagi tahdid esa, hammasidan oʻtib tushdi. Oʻzlaridan koʻrsinlar.

Yuqoridagi oyatlardan maʼlum boʻladiki, ular Allohga bergan ahdu paymonlariga amal qilmaydilar, ammo arab mushriklariga bergan ahdlariga rioya etadilar. Bundan yana bir kirdikorlari ochiladi–ular oʻta hiylakor va ehtiyotkordirlar. Oʻzlari ikkiga boʻlinib, ikki arab qabilasiga «doʻst» boʻlib olishgan. Ulardan qay biri gʻolib kelsa, oʻshaning yoniga oʻtib olish uchun oldindan zamin tayyorlab qoʻyishgan. Ular doimo shunday qilishadi. Yaʼni, yahudiylar doimo dunyoviy manfaatlarini ilohiy koʻrsatmalardan ustun qoʻyishadi.

Kelgusi oyati karimada Bani Isroilning kirdikorlarini fosh qilish davom etadi.