QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят88

وَقَالُوا۟ قُلُوبُنَا غُلْفٌۢ ۚ بَل لَّعَنَهُمُ ٱللَّهُ بِكُفْرِهِمْ فَقَلِيلًا مَّا يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular: «Qalbimiz g`iloflangan», deyishar. Yo`q, unday emas, kufrlari sababli Alloh ularni la'natlagan. Bas, ozginagina iymon keltirurlar.Ва улар: «Қалбимиз ғилофланган», дейишар. Йўқ, ундай эмас, куфрлари сабабли Аллоҳ уларни лаънатлаган. Бас, озгинагина иймон келтирурлар.Alauddin Mansour: «Dilimiz berk», dedilar. Yoʻq, aksincha, kufrlari sababli ularni Alloh laʼnatlagan. Bas, kamdan-kamlari iymon keltiradilar.«Дилимиз берк», дедилар. Йўқ, аксинча, куфрлари сабабли уларни Аллоҳ лаънатлаган. Бас, камдан-камлари иймон келтирадилар.

13-sahifa · 1-juz · 2-hizb13-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va deyishadiва дейишадиقُلُوبُنَاqalbimizқалбимизغُلْفٌۢ ۚgʻiloflanganғилофланганبَلyoʻq, unday emasйўқ, ундай эмасلَّعَنَهُمُularni laʼnatlaganуларни лаънатлаганٱللَّهُAllohАллоҳبِكُفْرِهِمْkufrlari sababliкуфрлари сабаблиفَقَلِيلًۭاbas, ozginaginaбас, озгинагинаمَّاnarsaнарсаيُؤْمِنُونَiymon keltiradilarиймон келтирадилар
TafsirТафсир

Yahudiylar Islomga daʼvat qilinganlarida:

«Bizning qalbimiz gʻiloflangan», yangi daʼvat kirmaydi, yangi daʼvatchini qabul qilmaydi, deb aytishar edilar. Alloh taolo ushbu oyatda ularning bu gaplari yolgʻon ekanini fosh etib, haqiqatni bayon qilmoqda. Haqiqat nima? Haqiqat shulki:

«kufrlari sababli Alloh ularni laʼnatlagan».

Yaʼni, ular avvaldan kufr keltirib, iymondan qochib yurganlari uchun Alloh ularni laʼnatlab, rahmatidan quvib, hidoyat neʼmatidan mahrum etgan. Shu sababdan ular iymonga kela olmaydilar. Agar mabodo kelsalar ham:

«Bas, ozginagina iymon keltirurlar».

Qurʼoni Karimning ushbu jumlasi moʻʼjiza boʻlib chiqdi. Hali hanuz yahudiylar yuqoridagi Qurʼoniy vasfga mos boʻlib turibdilar.

Hozir keladigan oyati karimada yahudiylarning Qurʼoni Karimga va Muhammad alayhissalomga nisbatan oʻzlarini qandoq tutganlari yana ham ochiqroq bayon qilinadi.