وَلَمَّا جَآءَهُمْ كِتَـٰبٌ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُصَدِّقٌ لِّمَا مَعَهُمْ وَكَانُوا۟ مِن قَبْلُ يَسْتَفْتِحُونَ عَلَى ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَلَمَّا جَآءَهُم مَّا عَرَفُوا۟ كَفَرُوا۟ بِهِۦ ۚ فَلَعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga Allohning huzuridan o`zlaridagi narsani tasdiqlovchi kitob kelganda, va holbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar. Bas, qachonki ularga o`zlari bilgan narsa kelganda, unga kufr keltirdilar. Kofirlarga Allohning la'nati bo`lsin.Уларга Аллоҳнинг ҳузуридан ўзларидаги нарсани тасдиқловчи китоб келганда, ва ҳолбуки, кофирларга қарши (ундан) ёрдам кутардилар. Бас, қачонки уларга ўзлари билган нарса келганда, унга куфр келтирдилар. Кофирларга Аллоҳнинг лаънати бўлсин.Alauddin Mansour: Qachonki ularga Allohning huzuridan oʻzlarida bor narsani (Tavrotni) tasdiq etuvchi kitob kelganda — holbuki, ilgari kofirlarga qarshi oʻsha kitobdan yordam kutardilar — bas, qachonki ularga oʻzlari bilgan narsa kelganda unga kofir boʻldilar. Kofirlarga Allohning laʼnati boʻlgay.Қачонки уларга Аллоҳнинг ҳузуридан ўзларида бор нарсани (Тавротни) тасдиқ этувчи китоб келганда — ҳолбуки, илгари кофирларга қарши ўша китобдан ёрдам кутардилар — бас, қачонки уларга ўзлари билган нарса келганда унга кофир бўлдилар. Кофирларга Аллоҳнинг лаънати бўлгай.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi rivoyat qiladilarki, yahudiylar Avs va Xazraj qabilalariga qarshi «yaqinda bizning kitoblarimiz xabarini bergan Paygʻambar chiqadi, biz unga iymon keltirib, sizlarning ustingizdan gʻalaba qozonamiz», der edilar. Alloh taolo Paygʻambarni arablar ichidan tanlab yuborgach esa, ular u kishiga kufr keltirdilar. Bu qilmishlari ila yahudiylar oʻzlarining avvalgi gaplarini inkor qildilar.
Shunda Muoz ibn Jabal, Bashir ibn al-Barraa ibn Maʼruf va Dovud ibn Salamalar ularga qarata:
«Ey yahudiylar jamoasi, Allohdan qoʻrqinglar! Musulmon boʻlinglar! Biz shirk ahli boʻlgan davrimizda bizga qarshi u kishidan yordam topishingizni aytar edingizlar. U kishining Paygʻambar qilib yuborilishi xabarini berar edingizlar. Sifatlarini aytib berar edingizlar»,–dedilar. Bunga javoban Bani Naziyr yahudiylaridan Salom ibn Mushkam :
«U biz bilgan narsani olib keldi. Biz sizga aytgan bu emas»,– dedi.
Shundan keyin Alloh taolo mazkur oyatni nozil qildi:
«Ularga Allohning huzuridan oʻzlaridagi narsani tasdiqlovchi kitob kelganda. . .»
Yaʼni, yahudiylarga Alloh taolo tomonidan ulardagi bor Tavrotni tasdiqlovchi kitob–Qurʼon kelganida va Paygʻambar–Muhammad alayhissalom kelganlarida kufr keltirdilar.
«holbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar».
Ular ilohiy kitobi yoʻq kofirlar–arab mushriklaridan yengilib qolganlarida, yaqinda ilohiy kitob nozil boʻlib, oxirzamon Paygʻambari chiqadi, oʻshanda uning yordami ila biz sizni yengamiz, der edilar.
Xuddi oʻzlari aytgan kitob nozil boʻlganda, xuddi oʻzlari aytgan Paygʻambar chiqqanda esa, ular kufr keltirdilar.
«Kofirlarga Allohning laʼnati boʻlsin».
Kelgusi oyatda yahudiylarning Islomga, uning Paygʻambariga va Kitobiga boʻlgan munosabatlarining maxfiy sababi fosh qilib tashlanadi.