بِئْسَمَا ٱشْتَرَوْا۟ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمْ أَن يَكْفُرُوا۟ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بَغْيًا أَن يُنَزِّلَ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۖ فَبَآءُو بِغَضَبٍ عَلَىٰ غَضَبٍ ۚ وَلِلْكَـٰفِرِينَ عَذَابٌ مُّهِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`zlarini sotgan narsa: Alloh bandalaridan xohlaganiga O`z fazlidan tushirganiga hasad qilib, Alloh tushirgan narsaga kufr keltirmoqlik, qandoq ham yomon. Ular g`azabning ustiga g`azabni lozim tutdilar. Kofirlarga xor qiluvchi azob bordir.Улар ўзларини сотган нарса: Аллоҳ бандаларидан хоҳлаганига Ўз фазлидан туширганига ҳасад қилиб, Аллоҳ туширган нарсага куфр келтирмоқлик, қандоқ ҳам ёмон. Улар ғазабнинг устига ғазабни лозим тутдилар. Кофирларга хор қилувчи азоб бордир.Alauddin Mansour: Alloh bandalaridan xohlagan zotga oʻz fazlu karami bilan (vahiy) yuborishiga qarshi chiqib, Alloh nozil qilgan narsaga kofir boʻlishlari sababli ular oʻzlarini eng yaramas narsaga sotdilar. Bas, gʻazab ustiga gʻazab bilan qaytdilar. Kofirlar uchun xor qiluvchi azob bordir.Аллоҳ бандаларидан хоҳлаган зотга ўз фазлу карами билан (ваҳий) юборишига қарши чиқиб, Аллоҳ нозил қилган нарсага кофир бўлишлари сабабли улар ўзларини энг ярамас нарсага сотдилар. Бас, ғазаб устига ғазаб билан қайтдилар. Кофирлар учун хор қилувчи азоб бордир.
Yahudiylar Paygʻambarlik arablardan boʻlmish Muhammad alayhissalomga tushirilganligiga hasad qilib, iymon keltirmaganlar. Holbuki, ular Tavrotda zikri kelgan Paygʻambarning sifatlarini, «oʻzimizdan chiqadi» degan ishonchda, arablarga aytib yurar edilar...
Oyati karima ularning bu qilmishlarini:
«Ular oʻzlarini sotgan narsa», deb atamoqda va juda ham yomon ish, deb baholamoqda. Shuningdek, oyati karima Paygʻambarlikning Muhammad alayhissalomga berilishini:
«Alloh bandalaridan xohlaganiga Oʻz fazlidan tushirgani», deb taʼriflamoqda. Odamlarning hammasi Allohning bandalari, ammo Paygʻambarlik–Uning fazli. Alloh taolo Paygʻambarlikni kimga berishini bandalaridan, xususan, Bani Isroildan soʻrab oʻtirmaydi. Bandalarining vazifasi–Alloh xohlab kimga Paygʻambarlikni ato etgan boʻlsa, oʻsha zotga iymon keltirish.
Ammo Bani Isroil iymon keltirish oʻrniga, hasad qildilar, Alloh tushirgan Qurʼonga kufr keltirdilar. Va bu ila:
«Ular gʻazabning ustiga gʻazabni lozim tutdilar».
Oxiratda esa, xor qiluvchi azoblarga qoladilar. Chunki u kunda:
«Kofirlarga xor qiluvchi azob bordir».
Kelgusi oyati karimaning birinchi qismida yahudiylarni fosh qilish davom etib, ikkinchi qismida bu ish ularga bevosita xitob qilish ila davom etadi.