QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят91

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ ءَامِنُوا۟ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُوا۟ نُؤْمِنُ بِمَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا وَيَكْفُرُونَ بِمَا وَرَآءَهُۥ وَهُوَ ٱلْحَقُّ مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَهُمْ ۗ قُلْ فَلِمَ تَقْتُلُونَ أَنۢبِيَآءَ ٱللَّهِ مِن قَبْلُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga: «Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring», deyilsa, «Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz», derlar va undan keyingi narsaga kufr keltirarlar. Holbuki, u ulardagi narsani tasdiqlovchi haqdir. Ayt: «Agar mo`min bo`lsangiz, nimaga ilgari Allohning Payg`ambarlarini o`ldirdingiz?!»Агар уларга: «Аллоҳ туширган нарсага иймон келтиринг», дейилса, «Бизга туширилган нарсага иймон келтирамиз», дерлар ва ундан кейинги нарсага куфр келтирарлар. Ҳолбуки, у улардаги нарсани тасдиқловчи ҳақдир. Айт: «Агар мўмин бўлсангиз, нимага илгари Аллоҳнинг Пайғамбарларини ўлдирдингиз?!»Alauddin Mansour: Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga iymon keltiring», deyilsa, «Biz oʻzimizga nozil qilingan narsaga iymon keltiramiz», deydilar. Va undan keyin kelgan oʻzlaridagi narsani (Tavrotni) tasdiq etuvchi haq (kitob)ga kofir boʻladilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting, «Agar moʻmin boʻlgan boʻlsangizlar, nima sababdan ilgari Allohning paygʻambarlarini oʻldirar edingizlar?»Қачон уларга: «Аллоҳ нозил қилган нарсага иймон келтиринг», дейилса, «Биз ўзимизга нозил қилинган нарсага иймон келтирамиз», дейдилар. Ва ундан кейин келган ўзларидаги нарсани (Тавротни) тасдиқ этувчи ҳақ (китоб)га кофир бўладилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг, «Агар мўмин бўлган бўлсангизлар, нима сабабдан илгари Аллоҳнинг пайғамбарларини ўлдирар эдингизлар?»

14-sahifa · 1-juz · 2-hizb14-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиقِيلَaytilsaайтилсаلَهُمْulargaуларгаءَامِنُوا۟iymon keltiringиймон келтирингبِمَآnarsagaнарсагаأَنزَلَtushirganтуширганٱللَّهُAllohАллоҳقَالُوا۟deyishadiдейишадиنُؤْمِنُiymon keltiramizиймон келтирамизبِمَآnarsagaнарсагаأُنزِلَtushirilganтуширилганعَلَيْنَاbizgaбизгаوَيَكْفُرُونَva kufr keltirishadiва куфр келтиришадиبِمَاnarsagaнарсагаوَرَآءَهُۥundan keyingiундан кейингиوَهُوَholbuki, uҳолбуки, уٱلْحَقُّhaqdirҳақдирمُصَدِّقًۭاtasdiqlovchiтасдиқловчиلِّمَاnarsaniнарсаниمَعَهُمْ ۗulardagiулардагиقُلْaytайтفَلِمَnimagaнимагаتَقْتُلُونَoʻldirdingizўлдирдингизأَنۢبِيَآءَPaygʻambarlariniПайғамбарлариниٱللَّهِAllohningАллоҳнингمِن-dan-данقَبْلُilgariилгариإِنagarагарكُنتُمboʻlsangizбўлсангизمُّؤْمِنِينَmoʻminмўмин
TafsirТафсир

Bani Isroil kibrga botgan qavmdir, u oʻzidan boshqani koʻrmaydi, tan olmaydi. Shuning uchun, iymon ham keltirmaydi. Shu oyati karimada Alloh taolo ularning bir nozik joylarini fosh etadi:

«Agar ularga: «Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring», deyilsa, «Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz», derlar va undan keyingi narsaga kufr keltirarlar».

Yaʼni, agar yahudiylarga: «Alloh tushirgan narsa–Qurʼonga iymon keltiring», deyilsa, ular:«Bizga tushirilgan narsaga–Tavrotga iymon keltiramiz,» deyishadi.

Shu joyda Qurʼoni Karim yahudiylarning eng ustakorlik odatlaridan biri–soʻz oʻyini qilishlarini ajoyib uslub bilan koʻrsatmoqda. Ular,

«Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring», degan amrga ochiq- oydin, biz unga iymon keltirmaymiz, deb javob berishgani yoʻq, balki soʻz oʻyini qilib,

«Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz», deb, oʻzlariga iymon keltirganlik nisbatini bermoqdalar. Shu vaqtning oʻzida ular:

«undan keyingi narsaga kufr keltirishar».

Yaʼni, Tavrotdan keyin kelgan Qurʼoni Karimga kufr keltirishadi. Xoʻsh, ularning bu ishlarini iymon keltirish desa boʻladimi? Albatta, undoq, deb boʻlmaydi.

«Holbuki, u ulardagi narsani tasdiqlovchi haqdir».

Yaʼni, Qurʼoni Karim ulardagi Tavrotni tasdiqlovchi haqdir.

Shu joyda Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad alayhissalomga ularni sharmanda qiluvchi savolni oʻrgatadi:

«Ayt: «Agar moʻmin boʻlsangiz, nimaga ilgari Allohning Paygʻambarlarini oʻldirdingiz?!»

Yaʼni, ular oʻzimizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz, deb aytishayotgan boʻlsa, unda soʻragin-chi, nimaga avvalgi Paygʻambarlarni oʻldirishdi ekan, deydi. Axir, oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarni oʻldirgan odamlar qanday qilib oʻzlariga Alloh tushirgan narsaga iymon keltirgan boʻlishadi?!

Demak, Bani Isroilning daʼvosi mutlaqo oʻrinsiz. Ular baʼzi Paygʻambarlarni oʻldiribgina qolmay, undan battarroq ishlarni ham qilganlar, buni ham eslariga solish lozim: