۞ وَلَقَدْ جَآءَكُم مُّوسَىٰ بِٱلْبَيِّنَـٰتِ ثُمَّ ٱتَّخَذْتُمُ ٱلْعِجْلَ مِنۢ بَعْدِهِۦ وَأَنتُمْ ظَـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va batahqiq, Muso sizlarga ravshan(mo`'jiza)lar ila keldi. So`ngra, siz undan keyin zolim bo`lgan holingizda buzoqni (xudo) tutdingiz.Ва батаҳқиқ, Мусо сизларга равшан(мўъжиза)лар ила келди. Сўнгра, сиз ундан кейин золим бўлган ҳолингизда бузоқни (худо) тутдингиз.Alauddin Mansour: Muso sizlarga ochiq hujjatlar keltirganidan keyin oʻzlaringizga zulm qilgan holingizda uning ketidan buzoqqa sigʻindingiz?Мусо сизларга очиқ ҳужжатлар келтирганидан кейин ўзларингизга зулм қилган ҳолингизда унинг кетидан бузоққа сиғиндингиз?
Ushbu oyatda Bani Isroil daʼvosining yolgʻonligiga eng katta dalil kelmoqda. Muso alayhissalom ularga kelgan birinchi va eng katta, ulul-azm Paygʻambardirlar. Ularni Firʼavnning zulmidan qutqazgan shaxs ham shu kishidir. Ayni chogʻda, Alloh taolo u zotni haqiqiy Paygʻambar ekanliklarini tasdiqlovchi koʻpgina ravshan moʻʼjizalar bilan yubordi. Shularni koʻra-bila turib, Muso alay- hissalom Tur togʻiga Alloh bilan roz aytishgani ketganlarida, ular oʻzlariga buzoqni xudo deb tutdilar. Bu esa, nihoyatda katta zulm edi. Shunday ishni qilgan qavmning, biz oʻzimizga tushgan narsaga iymon keltiramiz, degan daʼvosiga ishonib boʻladimi?
Ammo, ularning qilmishi shuning oʻzigina emas, bundan boshqa jinoyatlari ham koʻp: