QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят93

وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَـٰقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ ٱلطُّورَ خُذُوا۟ مَآ ءَاتَيْنَـٰكُم بِقُوَّةٍ وَٱسْمَعُوا۟ ۖ قَالُوا۟ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَأُشْرِبُوا۟ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْعِجْلَ بِكُفْرِهِمْ ۚ قُلْ بِئْسَمَا يَأْمُرُكُم بِهِۦٓ إِيمَـٰنُكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizdan ahdu paymoningizni olib, ustingizga Turni ko`tarib: «Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deganimizni eslang. Ular: «Tingladik va isyon qildik», dedilar. Kufrlari sababli qalblariga buzoq o`rnashtirildi. Ayt: «Agar mo`min bo`lsangiz, sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradi!»Сиздан аҳду паймонингизни олиб, устингизга Турни кўтариб: «Сизга Биз берган нарсани қувват билан тутинг ва тингланг», деганимизни эсланг. Улар: «Тингладик ва исён қилдик», дедилар. Куфрлари сабабли қалбларига бузоқ ўрнаштирилди. Айт: «Агар мўмин бўлсангиз, сизнинг иймонингиз қандай ҳам ёмон нарсага буюради!»Alauddin Mansour: Eslang (ey Bani Isroil), biz ahdu paymoningizni olgach, ustingizda Tur togʻini koʻtarib turib: «Keltirgan narsamizni (dinimizni) mahkam ushlang va quloq soling», deganimizda, «Eshitdik va boʻyinsunmadik», dedilar. Kofirliklari sabab koʻngillari faqat buzoqqa ibodat qilish bilan toʻladi. Ayting: «Agar siz moʻmin boʻlsangiz, iymoningiz sizlarni muncha yaramas narsalarga buyuradi?»Эсланг (эй Бани Исроил), биз аҳду паймонингизни олгач, устингизда Тур тоғини кўтариб туриб: «Келтирган нарсамизни (динимизни) маҳкам ушланг ва қулоқ солинг», деганимизда, «Эшитдик ва бўйинсунмадик», дедилар. Кофирликлари сабаб кўнгиллари фақат бузоққа ибодат қилиш билан тўлади. Айтинг: «Агар сиз мўмин бўлсангиз, иймонингиз сизларни мунча ярамас нарсаларга буюради?»

14-sahifa · 1-juz · 2-hizb14-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva eslangва эслангأَخَذْنَاolibолибمِيثَـٰقَكُمْahdu paymoningizniаҳду паймонингизниوَرَفَعْنَاva koʻtaribва кўтарибفَوْقَكُمُustingizgaустингизгаٱلطُّورَTurniТурниخُذُوا۟tutingтутингمَآnarsaniнарсаниءَاتَيْنَـٰكُمBiz berganБиз берганبِقُوَّةٍۢquvvat bilanқувват биланوَٱسْمَعُوا۟ ۖva tinglangва тинглангقَالُوا۟dedilarдедиларسَمِعْنَاtingladikтингладикوَعَصَيْنَاva isyon qildikва исён қилдикوَأُشْرِبُوا۟va oʻrnashtirildiва ўрнаштирилдиفِى-ga-гаقُلُوبِهِمُqalblarigaқалбларигаٱلْعِجْلَbuzoq (muhabbati)бузоқ (муҳаббати)بِكُفْرِهِمْ ۚkufrlari sababliкуфрлари сабаблиقُلْaytайтبِئْسَمَاqanday yomon narsaқандай ёмон нарсаيَأْمُرُكُمsizni buyuradiсизни буюрадиبِهِۦٓungaунгаإِيمَـٰنُكُمْiymoningizиймонингизإِنagarагарكُنتُمboʻlsangizбўлсангизمُّؤْمِنِينَmoʻminмўмин
TafsirТафсир

Bani Isroilning xiyonatkorligi, aldamchiligi va boshqa kirdikorlarini nazarda tutgan holda Alloh taolo ulardan taʼkidlangan, hujjatlashtirilgan ahdu paymon olgan va ustilariga Tur togʻini koʻtarib turib:

«Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deb aytgan edi. Iymoni bor xalqqa shu yetarli boʻlishi kerak edi. Ammo Bani Isroil nima qildi?!

«Ular: «Tingladik va isyon qildik», dedilar».

Yaʼni, ular tilda «eshitdik», deyishdi, ammo amallari bilan, «isyon qildik», deyishdi. Yaʼni, til boshqa, amal boshqa boʻldi.

Ularning buzoqni xudo tutishlari ham oʻzlarining istaklaridan boʻlmay, balki kufrlari sababli qalblariga Alloh tomonidan buzoq oʻrnashtirilganidandir. Ha,

«Kufrlari sababli qalblariga buzoq oʻrnashtirildi».

Ushbu holatlarni bayon qilgach, Alloh taolo Paygʻambari Muhammad alayhissalomga:

«Agar moʻmin boʻlsangiz, sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradi?!» deb aytishni oʻrgatadi.

Darhaqiqat, iymon haqiqiy boʻlsa, unda iymon sohibidan hech qachon yomon amal sodir boʻlmaydi. Doimo yaxshilik sodir boʻladi. Bani Isroilning «iymoni» esa, Allohni qoʻyib, buzoqqa ibodat etishga buyurdi. Yahudiylarning daʼvolari oʻrinsiz ekanini Alloh taolo keyingi oyatda yana bir hujjat bilan isbotlaydi. Oʻzining oxirgi Paygʻambari Muhammad alayhissalomga ularni sharmanda qiluvchi savol berishni oʻrgatib, deydiki: