QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят94

قُلْ إِن كَانَتْ لَكُمُ ٱلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ عِندَ ٱللَّهِ خَالِصَةً مِّن دُونِ ٱلنَّاسِ فَتَمَنَّوُا۟ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «Agar Allohning huzuridagi oxirat hovlisi boshqa odamlarsiz xolis sizga bo`ladigan bo`lsa, gapingizda rostgo`y bo`lsangiz, o`limni orzu qiling».Айт: «Агар Аллоҳнинг ҳузуридаги охират ҳовлиси бошқа одамларсиз холис сизга бўладиган бўлса, гапингизда ростгўй бўлсангиз, ўлимни орзу қилинг».Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar Alloh huzurida Oxirat diyori (jannat) boshqa odamlarsiz faqat sizlarniki boʻlsa, u holda rostgoʻy boʻlsangizlar, oʻlishni orzu qilinglar!»(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар Аллоҳ ҳузурида Охират диёри (жаннат) бошқа одамларсиз фақат сизларники бўлса, у ҳолда ростгўй бўлсангизлар, ўлишни орзу қилинглар!»

15-sahifa · 1-juz · 2-hizb15-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтإِنagarагарكَانَتْboʻladigan boʻlsaбўладиган бўлсаلَكُمُsizgaсизгаٱلدَّارُhovlisiҳовлисиٱلْـَٔاخِرَةُoxiratохиратعِندَhuzuridagiҳузуридагиٱللَّهِAllohningАллоҳнингخَالِصَةًۭxolisхолисمِّنboshqaбошқаدُونِ-siz-сизٱلنَّاسِodamlarодамларفَتَمَنَّوُا۟unda orzu qilingунда орзу қилингٱلْمَوْتَoʻlimniўлимниإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Maʼlumki yahudiylar: «Biz Allohning tanlab olgan xalqimiz, faqat bizgina hidoyatdamiz, faqat bizgina oxiratda najot topamiz, jannatdan joy olib, rohat-farogʻatda boʻlamiz, boshqa xalqlarning jannatdan nasibasi yoʻq», deyishardi.

Demak, mantiqan, kim jannatga kirishiga aniq-ravshan ishonsa, tezroq oʻlib, u dunyoga oʻtishga va shu bilan oʻsha orzuiga tezroq yetishga oshiqadi. Rost-da, jannatga kirishi aniq boʻlsa-yu, bu dunyo qamoqxonasida azob-uqubatga koʻmilib yuraversa!... Kim istaydi buni? Bu holat sahobalar hayotida yaxshilab tajribadan oʻtkazilgan. Paygʻambar alayhissalom jannatning xabarini berganlarida qoʻlida tutib turgan xurmoni yeb olishni koʻp koʻrganlari boʻlgan.

Xoʻsh, yahudiylar nima qildilar? Ular jannatga tezroq yetish orzusida biror ish qildilarmi? Yoʻq!!!