QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят96

وَلَتَجِدَنَّهُمْ أَحْرَصَ ٱلنَّاسِ عَلَىٰ حَيَوٰةٍ وَمِنَ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ ۚ يَوَدُّ أَحَدُهُمْ لَوْ يُعَمَّرُ أَلْفَ سَنَةٍ وَمَا هُوَ بِمُزَحْزِحِهِۦ مِنَ ٱلْعَذَابِ أَن يُعَمَّرَ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرٌۢ بِمَا يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning hayotga eng hirs qo`ygan odamlar ekanligini bilasan. Mushriklardan birlari ming yil umr ko`rishni suyadir. Ammo uzoq umr ko`rishi uni azobdan qutqarmas. Va Alloh ularning qilayotganlarini ko`ruvchidir.Уларнинг ҳаётга энг ҳирс қўйган одамлар эканлигини биласан. Мушриклардан бирлари минг йил умр кўришни суядир. Аммо узоқ умр кўриши уни азобдан қутқармас. Ва Аллоҳ уларнинг қилаётганларини кўрувчидир.Alauddin Mansour: Ularning hatto mushriklardan ham hayotga (yashashga) ochkoʻz kishilar ekanini koʻrasiz, ularning ayrimlari ming yil umr koʻrishni istaydilar. Holbuki, uzun umr uni azobdan uzoqlashtirmaydi. Axir Alloh qilayotgan amallarini koʻrib turguvchidir.Уларнинг ҳатто мушриклардан ҳам ҳаётга (яшашга) очкўз кишилар эканини кўрасиз, уларнинг айримлари минг йил умр кўришни истайдилар. Ҳолбуки, узун умр уни азобдан узоқлаштирмайди. Ахир Аллоҳ қилаётган амалларини кўриб тургувчидир.

15-sahifa · 1-juz · 2-hizb15-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَتَجِدَنَّهُمْva albatta ularni topasanва албатта уларни топасанأَحْرَصَeng hirs qoʻyganэнг ҳирс қўйганٱلنَّاسِodamlarодамларعَلَىٰ-ga-гаحَيَوٰةٍۢhayotҳаётوَمِنَva -dan hirsdaroqва -дан ҳирсдароқٱلَّذِينَularуларأَشْرَكُوا۟ ۚshirk keltirganширк келтирганيَوَدُّsuyadiсуядиأَحَدُهُمْbirlariбирлариلَوْkoshkiкошкиيُعَمَّرُumr koʻrsaумр кўрсаأَلْفَmingмингسَنَةٍۢyilйилوَمَاammo emasаммо эмасهُوَuуبِمُزَحْزِحِهِۦuni qutqaruvchiуни қутқарувчиمِنَ-dan-данٱلْعَذَابِazobазобأَن-ki-киيُعَمَّرَ ۗuzoq umr koʻrishiузоқ умр кўришиوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبَصِيرٌۢkoʻruvchidirкўрувчидирبِمَاnarsaniнарсаниيَعْمَلُونَqilayotganlariniқилаётганларини
TafsirТафсир

Yahudiylar hayotga va bu dunyoga eng oʻch, eng koʻp hirs qoʻygan odamlar hisoblanadi. Qurʼoni Karim taʼbirida «hayot» soʻzi hech qanday sifat bilan belgilanmagan. Yaʼni, nomi hayot boʻlsa boʻldi. Xor- zor boʻladimi, boshqa boʻladimi–bari bir, nomiga hayot boʻlsa boʻldi. Osmondan kitob tushirilmagan, Alloh tomonidan Paygʻambar yuborilmagan, but-sanamlarni Allohga shirk keltiruvchi, ahamiyatsiz qavmlarda (masalan, mushriklarda) ham hayotga hirs qoʻyish bor. Oyati karimadagi:

«Mushriklardan birlari ming yil umr koʻrishni suyadir». jumlasidan ayni shu maʼno koʻzlanmoqda. Yaʼni, ulardan birlari ming yil umr koʻrishni suyadi, orzu qiladi.

Bu uning ilohiy taʼlimotlardan bexabar ekanligidan kelib chiqadi. U oxiratga ishonmaydi, shuning uchun bu dunyoda koʻproq yashashni xohlaydi.

«Ammo uzoq umr koʻrishi uni azobdan qutqarmas».

Qancha uzoq umr koʻrishlaridan qatʼinazar, kofir va mushriklar azobga duchor boʻladilar. Chunki

«Alloh ularning qilayotganlarini koʻruvchidir».

Ana oʻsha koʻrgani asosida hisob-kitob qilib, har kimga qilganiga yarasha jazo beradi.

Ammo Bani Isroil-chi? Unga Allohning koʻplab Paygʻambarlari kelgan, kitobi tushgan, oxiratga ishonibgina qolmay, balki, oxiratda faqat bizgina jannatga kiramiz, deb daʼvo ham qilishadi. Shu bilan birga, ular bu dunyo hayotiga ming yil umr koʻrmoqchi boʻlgan mushriklardan koʻra ham oʻchdirlar. Lekin hammalari ham shuni yaxshi bilib qoʻysinlarki, uzoq umr koʻrishi ularni azobdan qutqarmaydi. Alloh ularning qilayotganlarini koʻruvchidir. Hamda amallarga yarasha oxiratda azobni ham beruvchidir.

Kelgusi oyati karimada Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga yahudiylarga aytish lozim boʻlgan gaplarni oʻrgatishni davom ettiradi.