QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят97

قُلْ مَن كَانَ عَدُوًّا لِّجِبْرِيلَ فَإِنَّهُۥ نَزَّلَهُۥ عَلَىٰ قَلْبِكَ بِإِذْنِ ٱللَّهِ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَهُدًى وَبُشْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jabroilga dushman bo`lganlarga ayt, albatta, Ul u(Qur'on)ni sening qalbingga Allohning izni bilan, o`zidan oldingini tasdiqlovchi va mo`minlar uchun hidoyat va bashorat qilib tushirdi.Жаброилга душман бўлганларга айт, албатта, Ул у(Қуръон)ни сенинг қалбингга Аллоҳнинг изни билан, ўзидан олдингини тасдиқловчи ва мўминлар учун ҳидоят ва башорат қилиб туширди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Kim Jabroilga dushman boʻlsa, (u Allohga dushmandir). Zero u (Jabroil) Allohning izni bilan qalbingizga oʻzidan avvalgi kitoblarni tasdiq etadigan va moʻminlarga hidoyat va xushxabar boʻlgan Qurʼonni nozil qildi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Ким Жаброилга душман бўлса, (у Аллоҳга душмандир). Зеро у (Жаброил) Аллоҳнинг изни билан қалбингизга ўзидан аввалги китобларни тасдиқ этадиган ва мўминларга ҳидоят ва хушхабар бўлган Қуръонни нозил қилди.

15-sahifa · 1-juz · 2-hizb15-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтمَنkimкимكَانَboʻlsaбўлсаعَدُوًّۭاdushmanдушманلِّجِبْرِيلَJibroilgaЖиброилгаفَإِنَّهُۥalbatta uалбатта уنَزَّلَهُۥuni tushirdiуни туширдиعَلَىٰ-ga-гаقَلْبِكَqalbinggaқалбинггаبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِAllohningАллоҳнингمُصَدِّقًۭاtasdiqlovchiтасдиқловчиلِّمَاnarsaniнарсаниبَيْنَoʻzidanўзиданيَدَيْهِoldinginiолдингиниوَهُدًۭىva hidoyatва ҳидоятوَبُشْرَىٰva bashoratва башоратلِلْمُؤْمِنِينَmoʻminlar uchunмўминлар учун
TafsirТафсир

«Jabroilga dushman boʻlganlar»–yahudiylardir. Ular Jabroil farishta alayhissalomni oʻzlariga dushman hisoblashar edilar. Bunga dalil oʻlaroq imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan bir suhbatdan parcha keltiramiz. Bir kuni yahudiylar Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom bilan uzoq suhbat qurgan edilar. Shunda ular:

«Har bir Paygʻambarning xabar keltiradigan farishtasi boʻladi. Bizga ayt-chi, sening sohibing kim?»,–dedilar. U kishi:

«Jabroil alayhissalom»,–dedilar. Ular:

«Jabroil urushni, jangni, azobni tushiradi, u–bizning dushmanimiz, agar rahmat, yomgʻir va nabototlarni olib tushadigan Mikoil, deganingda, yaxshi boʻlardi»,–dedilar.

Bani Isroilning buzuqligi shu darajaga yetdiki, ular oʻzlariga nima yoqmasa, oʻshani dushman tutishardi. Holbuki, bu dushmanlik oʻzlarining tabiatlari buzuqligidan kelib chiqar edi. Jabroil alayhissalom farishtalarning Paygʻambari, Alloh taolo uni vahiyga amin qilib qoʻygan. Hamma Paygʻambarlarga Allohning vahiyini yetkazadi. Jumladan, Musoga ham, Muhammad alayhissalomga ham. Lekin yahudiylar oʻzlaricha hukm chiqarib, Jabroil dushmanimiz, Mikoil doʻstimiz, deb ajratib olganlar. Aslida esa, ikkovlari ham Allohning farishtalari. Alloh Jabroil alayhissalomni vahiychi, Mikoil alayhissalomni esa yomgʻir va nabototlarga vakil qilib qoʻygan. Ulamolar Jabroilning lugʻaviy maʼnosi Abdulloh (Allohning bandasi) yoki Xodimulloh (Allohning xizmatchisi) deyishgan.

Alloh taolo ushbu oyatda Muhammad alayhissalomga xitob qilib, Jabroilga dushman boʻlganlarga ayt, bilib qoʻyishsin, albatta, Jabroil Qurʼonni sening qalbingga oʻzidan oldingi narsani, yaʼni, ilohiy kitoblarni, jumladan, yahudiylarning samoviy kitobi boʻlmish Tavrotni ham tasdiqlovchi, moʻminlarga hidoyat yoʻlini koʻrsatuvchi, ularga jannatning bashoratini beruvchi qilib, Allohning izni bilan tushirdi, deydi.

Maʼnodan bilinib turibdiki, yahudiylar oʻzlarining Qurʼoni Karimga, Islomga iymon keltirmasliklariga vahiyni Jabroil alayhissalom olib kelganligini sabab qilishyapti. Yaʼni, yangi Paygʻambar Muhammadga Allohning xabarini, Qurʼonni, bizga dushman boʻlgan Jabroil olib kelgan boʻlsa, qanday qilib biz unga iymon keltiraylik, deyishmoqchi. Bu ularning iymondan qochishga topgan hisobsiz bahonalaridan biri. Alloh taolo ushbu oyatda bu bahonalari ham botil ekanini bayon etmoqda. Avvalo, Jabroil Qurʼonni oʻzidan olib kelgani yoʻq, balki Allohning izni bilan olib keldi. Qolaversa, Qurʼon yahudiylardagi bor narsani yoʻqqa chiqarayotgani yoʻq, balki ulardagi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib kelmoqda. Shuningdek, Qurʼon dushmanlik yoki nafrat qoʻzgʻatadigan narsa emas, balki moʻminlarga hidoyat va jannat bashoratini keltirgan ilohiy kitobdir.

Demak, yahudiylarning daʼvolari soxta, kulgili va haqiqatdan yiroqdir. Bir farishtani oʻziga dushman bilib, boshqasini doʻst tutishga, bir Paygʻambarni doʻst bilib, boshqasiga kufr keltirishga hech kimning haqqi yoʻq.