مَن كَانَ عَدُوًّا لِّلَّهِ وَمَلَـٰٓئِكَتِهِۦ وَرُسُلِهِۦ وَجِبْرِيلَ وَمِيكَىٰلَ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَدُوٌّ لِّلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Allohga, Uning farishtalariga, Payg`ambarlariga, Jabroilga va Mikoilga dushman bo`lsa, albatta, Alloh kofirlarning dushmanidir.Ким Аллоҳга, Унинг фаришталарига, Пайғамбарларига, Жаброилга ва Микоилга душман бўлса, албатта, Аллоҳ кофирларнинг душманидир.Alauddin Mansour: Kim Allohga va Uning farishtalariga, paygʻambarlariga, Jabroil va Mikoilga dushman boʻlsa, bas, albatta Alloh (bunday) kofirlarga dushmandir.Ким Аллоҳга ва Унинг фаришталарига, пайғамбарларига, Жаброил ва Микоилга душман бўлса, бас, албатта Аллоҳ (бундай) кофирларга душмандир.
Haqiqiy moʻmin barcha farishtalarga birdek iymon keltiradi. Bittasiga kufr keltirsa, hammasiga kufr keltirgan boʻladi. Shuningdek, haqiqiy moʻmin Paygʻambarlarning hammalariga ham birdek iymon keltiradi. Ulardan birortalarini inkor etgan odam kofir boʻladi.
Ushbu oyatda yahudiylarning kofirligi va Allohning dushmani boʻlganliklari ochiqlanyapti. Shu kofirliklari va Allohga dushmanliklari bois, ular dinlar oʻrtasida tafriqa solishadi. Hatto farishtalarni, Paygʻambarlarni firqa-firqaga boʻlishadi.
Keyingi oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga xitob qilib, u zotni oʻzlariga tushgan haq yoʻlda sobit turishga chorlaydi: