إِذْ رَءَا نَارًا فَقَالَ لِأَهْلِهِ ٱمْكُثُوٓا۟ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًا لَّعَلِّىٓ ءَاتِيكُم مِّنْهَا بِقَبَسٍ أَوْ أَجِدُ عَلَى ٱلنَّارِ هُدًى
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, olovni ko`rgan chog`ida o`z ahliga: «Turib turinglar, men olovni ko`rdim, shoyad, sizga undan cho`g` keltirsam yoki olov boshida yo`l ko`rsatuvchini topsam», dedi.У, оловни кўрган чоғида ўз аҳлига: «Туриб туринглар, мен оловни кўрдим, шояд, сизга ундан чўғ келтирсам ёки олов бошида йўл кўрсатувчини топсам», деди.Alauddin Mansour: Eslang, u (uzoqdan) bir olovni koʻrib ahli oilasiga: «(Shu yerda) turinglar, men bir olov koʻrib qoldim, shoyadki sizlarga undan biron choʻgʻ olib kelsam yoki shu oʻt oldidan biron yoʻl (koʻrsatuvchi) topsam», dedi.Эсланг, у (узоқдан) бир оловни кўриб аҳли оиласига: «(Шу ерда) туринглар, мен бир олов кўриб қолдим, шоядки сизларга ундан бирон чўғ олиб келсам ёки шу ўт олдидан бирон йўл (кўрсатувчи) топсам», деди.
Ushbu oyati karimada Muso alayhissalom Madyandan Misrga qaytib kelayotganlarida roʻy bergan hodisa bayon etilmoqda. Boshqa suralardan maʼlumki, Muso alayhissalom Bani Isroillikka yordam berish maqsadida bir qibtiyni urib oʻldirib qoʻygan va Misrdan qochib chiqqan, soʻngra Madyanga borib, Shuayb alayhissalomning qizlariga uylanib, oila qurgan edilar. Endi, nikoh paytida qaynotalari Shuayb alayhissalom bilan kelishgan muddatlari tugab, ahllarini olib, Madyandan Misrga qaytib ketmoqdalar. Bepoyon sahroda ketayotib, adashib qoldilar. Hayron boʻlib, yoʻl topa olmay turgan Muso alayhissalom kechasi uzoqda olovni koʻrdilar. Sahroliklarning odati boʻyicha, kechalari baland joyga odamlarga koʻrinadigan qilib, ziyofat borligini bildirish yoki yoʻl qayoqda ekanini koʻrsatish uchun olov yoqib qoʻyilardi. Muso alayhissalom uzoqdan ana shunday olovni koʻrdilar.
«U, olovni koʻrgan chogʻida oʻz ahliga: «Turib turinglar, men olovni koʻrdim», dedi.
Yaʼni, sizlar shu joyda qimirlamay turinglar. Men olovni koʻrdim, oʻsha yerga borib kelaman.
«...shoyad, sizga undan choʻgʻ keltirsam...»
Undan olov yoqib, isinsak va boshqa maqsadlarda foydalansak.
«...yoki olov boshida yoʻl koʻrsatuvchini topsam, dedi.»
Albatta, olovning boshida biror odam boʻladi. Ana oʻshandan yoʻlni soʻrab bilsam, dedilar.
Ushbu maqsadlar ila Muso alayhissalom olov koʻringan tomon yoʻl oldilar.