فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِىَ يَـٰمُوسَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, u(olov)ga kelganida, nido qilindi: «Ey Muso.Бас, у(олов)га келганида, нидо қилинди: «Эй Мусо.Alauddin Mansour: Bas, qachonki u (olovning yaqiniga) kelgach: «Ey Muso», degan nido eshitildi.Бас, қачонки у (оловнинг яқинига) келгач: «Эй Мусо», деган нидо эшитилди.
Muso alayhissalom choʻgʻ olish yoki yoʻl bilish uchun kelgan edilar. Oʻzlari bilmagan holda istaganlaridan koʻra ziyoda xayr-barakotga–hidoyat va saodatga yoʻliqdilar. Ul zot olovga yaqinlashib kelganlarida, Alloh taolo nido qila boshladi:
«Ey Muso, albatta, Men Oʻzim sening Robbingdirman».
Alloh taolo Muso alayhissalomga farishta yubormay, bevosita Oʻzi nido qildi. Men sening Robbingman, deb ochiq-oydin aytdi. Shuning uchun ham, Muso alayhissalomning «Kalimulloh» – «Alloh bilan gaplashgan» degan laqablari bor.
«Kavushlaringni yech. Chunki, sen muqaddas Tuvo vodiysidasan.
Hozir sen ushbu muqaddas joyda turib, Robbil Olamiyn ila gaplashasan, shuning uchun, pok boʻlib, turli yerlarni bosib kelgan oyoq kiyimlaringni yechib, tayyorlanib tur.