يَوْمَئِذٍ يَتَّبِعُونَ ٱلدَّاعِىَ لَا عِوَجَ لَهُۥ ۖ وَخَشَعَتِ ٱلْأَصْوَاتُ لِلرَّحْمَـٰنِ فَلَا تَسْمَعُ إِلَّا هَمْسًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda chorlovchiga ergashurlar. Undan burilish yo`q. Ovozlar Rohman(haybati)dan jim qolmish. Pichirlashdan boshqa narsa eshitmassan.У кунда чорловчига эргашурлар. Ундан бурилиш йўқ. Овозлар Роҳман(ҳайбати)дан жим қолмиш. Пичирлашдан бошқа нарса эшитмассан.Alauddin Mansour: U kunda (odamlar mahshargohga) chorlovchi (farishtaga) egilmay-burilmay ergashurlar — itoat qilurlar. Ovozlar ham Rahmonga taʼzim qilur, bas, faqat pichirlashnigina eshitursiz.У кунда (одамлар маҳшаргоҳга) чорловчи (фариштага) эгилмай-бурилмай эргашурлар — итоат қилурлар. Овозлар ҳам Раҳмонга таъзим қилур, бас, фақат пичирлашнигина эшитурсиз.
Qiyomat kunida odamlar oʻzlarini mahsharga chorlovchiga ergashurlar. Oʻsha chorlovchidan boshqa tomon burilib ketish yoʻq. Hech kim churq etib ovoz chiqara olmaydi. Hamma ovozlar Rohman haybatidan sukut saqlab jim qolgan. Faqat baʼzi pichirlab aytilgan ovozlargina eshitiladi.
Hammayoq tep-tekis. Hammayoq jim-jit. Hamma jim holda boʻyin egib, mahsharga chorlovchiga ergashishdan boshqa narsani bilmaydi.