يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يُحِيطُونَ بِهِۦ عِلْمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U ularning oldilaridagi narsalarni ham, orqalaridagi narsalarni ham bilur. Ular esa, Uni ilm ila ihota qila olmaslar.У уларнинг олдиларидаги нарсаларни ҳам, орқаларидаги нарсаларни ҳам билур. Улар эса, Уни илм ила иҳота қила олмаслар.Alauddin Mansour: U zot ularning oldilaridagi (yaʼni, Oxiratdagi) va ortlaridagi (yaʼni, dunyodagi) bor narsani bilur. Ular esa U zotni bila olmaslar.У зот уларнинг олдиларидаги (яъни, Охиратдаги) ва ортларидаги (яъни, дунёдаги) бор нарсани билур. Улар эса У зотни била олмаслар.
Alloh taolo bandalarning kelajagini ham biladi, oʻtmishini ham biladi. Uning bilmagan narsasi yoʻq. Ilmning barchasi Allohnikidir. Odamlar esa, hech narsa bilmaydilar. Ayniqsa, Alloh taoloni hech qanday ilm ila ihota qila olmaydilar.