وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَـٰهُ قُرْءَانًا عَرَبِيًّا وَصَرَّفْنَا فِيهِ مِنَ ٱلْوَعِيدِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ أَوْ يُحْدِثُ لَهُمْ ذِكْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, Biz uni arabiy Qur'on etib nozil etdik. Shoyadki, taqvo qilsalar yoki ularda eslash paydo qilsa deb, unda qo`rqinchli va'dalarni bayon qildik.Шундай қилиб, Биз уни арабий Қуръон этиб нозил этдик. Шоядки, тақво қилсалар ёки уларда эслаш пайдо қилса деб, унда қўрқинчли ваъдаларни баён қилдик.Alauddin Mansour: Shuningdek, Biz uni arabiy Qurʼon qilib tushirdik va unda qoʻrqinchli vaʼdalarni (takror-takror) bayon qildik. Shoyad ular (shirk va kufrdan) saqlansalar yo (bu vaʼdalar) ular uchun eslatma-ibratlar paydo qilsa!Шунингдек, Биз уни арабий Қуръон қилиб туширдик ва унда қўрқинчли ваъдаларни (такрор-такрор) баён қилдик. Шояд улар (ширк ва куфрдан) сақлансалар ё (бу ваъдалар) улар учун эслатма-ибратлар пайдо қилса!
Bu kitob–arabiy Qurʼondir. Uni arab tilida nozil qildik. Ushbu arabiy Qurʼonda koʻplab qoʻrqinchli vaʼdalarni ham bayon etdik. Bundan maqsadimiz, shoyad odamlar taqvo qilsalar, kufr va yomonliklardan saqlansalar, qoʻrqinchlik vaʼdalardan eslatma olsalar.